Skoulz: "Pogba ketaversin"
18 sen 2019 23:42
Yangiliklar
Skoulz: "Pogba ketaversin"
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz jamoa yarim himoyachisi Pol Pogba haqida gapirdi.
"Uning ketishni istayotgani g'alati holat. U "Real"ga o'tishni istamoqda, biroq buning aniq bir sababi ham yo'q.
Agarda jiddiy taklif chiqadigan bo'lsa, Krishtianu kabi u ham "Real"ga o'tib ketishiga ishonaman.
Vaziyatga qarash kerak. U ketaversin. Bu MYU uchun katta yo'qotish bo'lmaydi.
Uning hozirgi holati o'tgan yillar kabi ajoyib emas. Uning o'rnini bosadigan futbolchilar topiladi", - dedi Skoulz.
Fikrlar