Skoulz: “Fergyuson hech qachon futbolchiga klubdan alohida shug'ullanishga ruxsat bermasdi”
14 fev 2020 23:48
Yangiliklar


Skoulz: “Fergyuson hech qachon futbolchiga klubdan alohida shug'ullanishga ruxsat bermasdi”
“Manchester Yunayted”ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz klub va Pol Pogba o'rtasidagi munosabat haqida gapirdi.
Franciyalik futbolchi jarohatdan so'ng tiklanish jarayonida. Ammo u bu jarayonni yakka tartibda, jamoadan ajralgan holda boshdan kechirmoqda. Skoulzning fikricha, bu kabi holat MYUni Aleks Fergyusson boshqargan davrda umuman kuzatilmagan.
“Fergyusson bunday holatga rozi bo'lmasdi. Hozir futbolchilar o'zlar alohida qandaydir muolajalarni olishmoqda. Men MYUda to'p tepib yurgan vaqtlarimda, murabbiyimiz hech qachon bunday holatga ruxsat berib qo'ymasdi”, deya Skoulzning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Mirror.
Pogbaning mart oyida maydonga qaytishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar