So’nggi yangiliklar

22:10ПСЖ Мбаппе борасида бир қарорга келган  0 21:49Фабио Капелло "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  0 21:21ПСЖнинг Мбаппе билан ишлари якунланмаган экан  0 20:59Тен Хаг Роналдуга жавоб қайтарди  7 20:23Асрор Алиқулов: “Футболда натижани олдиндан айтиб бўлмайди“  0 20:19Улуғбек Бакаев: “Машъал” ҳимояда яхши ўйнади”  1 20:00"Арсенал" товон пули 100 миллион евролик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда   1 19:38Агар Араухо шартномасини узайтирмаса, "Барселона" уни сотиб юборади  6 19:13ПРО-Лига. "Бухоро" ўз уйида "Машъал"га имкониятни бой берди  10 19:10Расман: "Акрон" Артём Дзюба трансферини эълон қилди  4 18:47Де Брюйне "Ман Сити" сардори бўлишни истамайди  0 18:12Расман: "Арсенал" Артета билан шартнома узайтирилганини эълон қилди  0 17:34"Sky Sports" трансляцияси туфайли АПЛ учрашуви вақти ўзгартирилди  4 16:32Ла Лигада ирқчилик туфайли ўйинлар қолдирилиши мумкин. Ҳакам 3 бор огоҳлантиради ва кейин ўйинни буткул тўхтатади  10 16:01Футзал бўйича жаҳон чемпионати ўйинларига чипта олмоқчи бўлганлар диққатига!  5

Siz kutgan va kutmagan kundalik Yangiliklar

Siz kutgan va kutmagan kundalik

Deyarli kundalik yozmay qo'ygandik. Atrofdagilarning gapi tasir qildi, ayniqsa, u hamkasbingiz bo'lsa sal-pal o'ylanib qolar ekansiz.

SHu kunlar davomida “koment” va pochtamiz qutisiga kelayotgan xatlarning aksariyat mazmuni aynan kundalik nima uchun yozilmayotgani haqida bo'lyapti. Agar birovlarga etibor berib ishlasak, kemangiz ularnikiga qo'shilib cho'kib ketishi mumkin. Ayni paytda Brisbendamiz. O'zbekistondagi OAV tashkilotlari soni bittaga oshdi, uff.uz rahbari Azizxon Akbarov ham o'z yurishini boshlab yubordi. Sog'lom raqobat, albatta ikki o'sishga olib keladi. Ammo u kishida ham, bizda ham muammolar etib turibdi. Bular haqida yozish niyatimiz yo'q, o'quvchiga faqat malumot kerak. kundalik qiziq bo'lmagan kishilar esa, aynan mana shu erda o'zini to'xtatsin-da, boshqa sahifaga o'tib ketsin, gap tamom-olam guliston. SHunda o'z asabini saqlab qolgan bo'ladi.

Sidney ijodga boy bo'ldi deb aytmagan bo'lardim. O'zimiz kutganimizdek mediada sharoitga ega emasligimiz sababli ishlash qiyin bo'ldi. O'zbekiston – KXDR o'yini yakuniga etganidan keyin rejaga ko'ra ishladik. Xayrulla aka va Narzulla matbuot anjumaniga kirib ketishdi, men esa mikst zonaga. Xoliqov KXDR matbuot anjumanini o'tkazib mikst zonaga qaytdi. U shimollik futbolchilar bilan suhbatlashishi lozim edi, ammo jamoada birorta futbolchi ingliz tilida suhbatlasha olmasligini takidlar, kayfiyati yo'q holda chiqib kelar edi. Biznikilarning kayfiyati zo'r edi, ayniqsa Sergeevning. Birinchi bo'lib darvozabonlar murabbiyining fikri bilan qiziqdik, boisi aynan uning mehnati bor edi, Ignatning seyvida. Kamtarlik bilan bir yo'la musobaqada yaxshi qatnashib olaylik deb, zo'rg'a bitta savolga javob berdi. Ignat bilan ham suhbatlashdik, Anzur esa himoyada yo'l qo'yilgan birinchi bo'limdagi xatoliklar haqida aytib o'tdi. Jeparov va Ismoilov xorijlik OAV vakillariga ham ingliz tilida intervyu berdilar. Ayrimlariga Xoliqov tarjima qilib turdi. 




Muxlislar bilan birgalikda...


Anchadan beri ko'rishishim kerak bo'lgan Skott bilan aynan mikst-zonada to'qnash keldik. Quyuq ko'rishishdan keyin birinchi bergan savoli, “Osh olib keldingmi?” bo'ldi. Xursand bo'lib ketasiz. Osiyo futbolida o'z o'rniga ega bu mutaxassisning milliy taomimizga bergan eng yuqori bahosi edi bu. U bilan Toshkentga kelganida, Yunusobod dahasidagi osh markaziga borgan edik. O'shanda, Xayrulla Xoliqov, men, u shuningdek, foto hamda hakamlikda o'zini sinab ko'rayotgan ukamiz Baxtiyor birga edik. Osh eb bo'lgach, hisob-kitob qilganimni ko'rib, kishi boshiga necha puldan tushgani bilan qiziqdi. Sen mening mehmonimsan, sizlarning pulingizda 10 dollarga ham bormadi deganimda hayratlangandi. Bizda bu pulga bir kishi ham to'ymaydi deb. Bunga Avstraliyaga kelib o'zim ham amin bo'ldim. 

Skott Sidneyga nechta xodim bilan kelganimiz bilan qiziqdi, 3 nafar kishi ekanligini bilgach, to'g'risi ajablandi. U bilan yarim final oldi yana uchrashamiz, bu safar hamkorlik yuzasidan. Katta loyihani boshlash arafasida turibdi, aynan biz bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishni rejalayapti. Aslida media-markaz mana shu uchun kerak, O'zbekistonga oid xabarlarni internetlardan ham olib qo'yaverish mumkin. Ammo tanishlarni topa olmaysiz. 




Mashhur ko'prik oldida...


Tunda mehmonxonaga qaytib TVni yoqsak, Skott chiqib turibdi deng. Keyin bilsak, Avstraliya TVsi OK uchun u  bilan maxsus shartnoma imzolagan ekan. Ha, bo'lajak hamkoring ancha taniqli ekan dedik. Sidneyda bir kun qolishga majbur edik, reja shunday tuzilgandi. Orada o'zimizga dam berdik, muxlislar bilan dunyoga mashhur “Opera uyi”ga bordik. Uning tarixi ham ajoyib ekan.

Bino arxitektori daniyalik Yorn Utzon 4 yil ichida sanat asarini bitirishi lozim bo'lgan va bu Avstraliyaga 7 million dollarga tushishi kerak edi. Ammo mazkur mo'jiza bitish arafasida, uning obro'sini o'ziniki qilish niyatida, raqobatchilar Utzonni ketkazishning uddasidan chiqadilar. SHundan keyin binoni qurib bitkazish yana 10 yilni o'z ichiga oladi va bu 100 mln. Avstraliya dollariga tushadi. Saroy bilan tanishtirgan gidlar, agar Utzonni xafa qilishmaganida, binoning ichi bundan-da go'zal bo'lishi mumkin ekanligini aytib o'tishdi. 

Teatr, 1932 yilning 19 martda ochilgan Xarbor-Bridj ko'prigi oldida joylashgan. Ko'prik tagiga kelar ekansiz, hayratdan yoqa ushlaysiz. Kuchli arxitektura sanatini namoyon qilib turgan mazkur “most”ni qanday qilib zamonaviy texnika vositalarisiz qurilganiga hayron qolasiz. Uzunligi 1149 metrni tashkil etadi, kengligi esa 49 m. Unda yo'lovchi, mashina va poezd uchun maxsus yo'laklar bor. 




Hasan Pirmuhammedov... Qalbi toza, ko'ngli ochiq inson. Lotoreyadan chiqqan... 


12 yanvar kuni soat 13:30da Brisbenga uchishimiz kerak edi. Ob-havo yomonlashgani uchun reysimiz 1 soatga kechiktirildi. Avstraliya tomon yoki ichki hududlar bo'ylab uchar ekansiz, albatta okeanlarni ko'rasiz. Brisben Sidneyga nisbatan dim. Agar yomg'ir yog'ib turmasa, namdan dimiqa boshlaysiz. Sidneyga nisbatan biroz yovvoyi tabiatga boy ekan. SHahar ko'chalarida kata-katta ko'rshapalaklarning uchib yurishini ko'rasiz, ha bu o'sha “Betmenlar”. Ovozi yoqimsiz to'tiqushlar esa, mana bunday – “5”. Bizning bozorlarda 3-4 million so'm turadigan qushchalar ko'chada uchib yurishibdi. Katta-katta qushlar esa mashg'ulot paytida ham maydonga qo'nib oladi, birov pisht demaydi, pisht desangiz ham baribir, o'zi istamasa, birov quva olmaydi. 

Brisben shinamgina shahar ekan. Biz joylashgan “Ibis” mehmonxonasi terma jamoamizga, mashg'ulot maydoni  va stadionga ham juda yaqin ekan. Albatta bu bizga qulay va maqul. 

O'yinoldi mashg'ulotlarga borganimizda qiziqarli manzara guvohi bo'ldik, afsuski, rasmga olishga ulgurmadim. Videoda ko'rgan bo'lsangiz, gavdasi laylakdan biroz pastroq bo'lgan qandaydir qush futbolchilarimiz bilan mashg'ulot o'tkazar edi. Birinchi bo'lib ko'rshapaklarni shu erda ko'rdik. Xitoydan 4 nafarga yaqin hamkasbimiz bor edi. Endi SHavkat Mullajonovni “Eshitdik-da”siga kelsak. Fotomaqoladagi mazkur tagso'zdan keyin, hamma uni biron bir klubga ketayotgan bo'lsa kerak deb o'yladi. Hattoki, otni qamchilagan klublar ham bo'libdi. Bu shunchaki “SHava” va mening o'rtamdagi hazil. Yozdim-ku, buni faqat Mullajonovning o'zi tushunadi deb. Ha endi, kayfiyatni ko'taray deymiz-da. 

Mirjalol Qosimovni nabiralik bo'lgani haqidagi xabar ham tezda saytimizda chiqqanining sababi bor. Xonada o'tirsak, bir amaki kirib keldilar. Xursandlar, nabiralik bo'ldim deydilar. Tabrikladik, Qosimovni ham tabriklab qo'yinglar, u ham nabirali bo'ldi dedilar. Nabirangizning ularga nima aloqasi bor deb so'radik. Axir uning qizi, mening kelinim desalar, bir kulishib oldik va ikkala dodani yana boshidan tabrikladik. Bazan tezkor xabarlar mana shunda kelib turadi. 

Agar shu qatorigacha o'qib kelgan bo'lsangiz, demak kundalik sizni o'ziga jalb eta oldi, yuqoridagi qatordan keyin chiqib ketmadingiz. 

“CA” esa nomlar uchun emas, Vatan uchun O'zbekistonni sevadigan o'quvchilar uchun doimo mana shunday ishlashga tayyor! Bazan bir-ikki qadam oldinga tashlash uchun, bir qadam orqaga ketish kerak. Hozir tan olamiz, bizda mana shunday holat kuzatilyapti. Orqaga ketilayotgan qadam ijoddan emas, texnik holatga bog'liq. Boisi, sizlarni quvontiradigan, ikki qadam oldinga tashlanadigan GAP bor!

Undan tashqari saytda bazi texnik nosozliklar bo'lib o'tdi, buning uchun ham sizlardan uzr so'raymiz!


 Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика