So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  4 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  1 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  8 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  10 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  18 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  339

Siz Evro-2020'da kuzatishingiz kerak bo'lgan 10 ta vunderkind Yangiliklar

Siz Evro-2020'da kuzatishingiz kerak bo'lgan 10 ta vunderkind

Bir mashhur reklamada aytilganidek, diqqat bilan tinglang, xuddi aytganimdek qiling :)

Ushbu maqolada Evropa chempionatida qatnashadigan 10 nafar iqtidor bilan tanishtirishga harakat qilamiz. 

Evro-2020'ga juda-juda oz qoldi. Ha, bu turnir pandemiya davrida bo'layotganidan tortib, turli davlatlarda o'tayotganigacha, hozirgi yulduzlarning jozibali o'yinlaridan tortib, yangi nomlar kashf etilishiga qadar unutilmas bo'ladi.

Demak, diqqat qiling, biz ushbu Evro'da o'zini ko'rsatishi kutilayotgan yosh nihollar haqida so'z yuritamiz... 

Fil Foden ("Manchester Siti", Angliya)

Rostini aytganda, Fil Foden ortiqcha tariflarga muhtoj o'yinchi emas, u allaqachon "Manchester Siti"ning yulduzi. 21 yoshli yigit xalqaro arenada o'z iqtidorini namoyish qilishga urinib ko'radi, lekin bunga kafolat bor, deb bo'lmaydi, chunki unga Meyson Maunt va Jek Grilish kabi nomlar raqobat ko'rsatadi. Ha, intrigali holat, kuzatamiz.

Pedri ("Barselona", Ispaniya)

Pedri endigina 18 yoshga to'ldi, biroq u "Barselona"dagi ishonchli o'yinlari orqali Ispaniya termasining bir bo'lagi bo'lib ulgurdi. Ispaniya qachondir ketma-ket 3 ta xalqaro turnir g'olibi bo'lgan "Oltin avlodi"dan butunlay voz kechishi kerak bo'ladi, ana o'shanda Pedriga ko'z tikiladi. Afsuski, boshqa bir iqtidor sohibi Ansu Fati jarohat tufayli turnirni o'tkazib yuboradigan bo'ldi.

Bukayo Saka ("Arsenal", Angliya)

Angliya terma jamoasidagi yana bir iqtidor. Bukayo Saka haqida futbol muxlislarining ko'p qismi albatta, xabardor. "Emireyts" yulduzi "Arsenal"ning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi, bu bejizga emas, albatta. 19 yoshli futbolchi Garet Sautgeyt jamoasining asosiy tarkib azosi bo'lmasligi mumkin, biroq u Evroda yashirin qurol bo'lishi shubhasiz.

Rayan Gravenberx ("Ayaks", Niderlandiya)

Rayan Gravenberx 19 yoshda klubi va termasining asosiy o'yinchilaridan biri. Futbolchi o'tgan mavsumdan buyon "Ayaks"ning boshlang'ich tarkibi azosi va yaqinda mamlakatdagi birinchi golini urdi. Lekin u haqida Evro-2020'dan keyin ham hali ko'p gaplashishadi, o'zingiz bunga guvoh bo'lasiz.

Joau Feliks ("Atletiko", Portugaliya)

Joau Feliksning faoliyati doimo yorqin bo'lishi kutiladi, biroq har gal unga nimadir etishmaydi. 21 yoshli futbolchining iqtidoriga shubha yo'q. Unga Portugaliya termasida Krishtianu Ronaldu, Brunu Fernandesh va Bernardu Silva yaqin ko'makchi bo'lishlarini barcha kutmoqda. O'z o'rnida Feliks amaldagi chempion safida vanihoyat o'zini rostakamiga ko'rsatish fursati kelganini matbuot ham bot-bot takrorlamoqda.

Jamal Musiala ("Bavariya", Germaniya)

18 yoshli Musialaning Germaniya terma jamoasi qaydnomasidan o'rin olishining o'zi bir katta yutuq. Ammo Yoaxim Lyov terma jamoa tarkibida 2 ta o'yin o'tkazishga ulgurgan “Bavariya” hujumkor yarim himoyachisiga imkoniyat taqdim etsa, u ushbu Evroda porlashi mumkin.

Jud Bellingem ("Borussiya" Dortmund, Angliya)

29 iyun kuni 17 yoshga (!) to'lgan Jud Bellingem oxirgi mavsumda katta o'sishga erishdi. "Borussiya" yarim himoyachisi – universal futbolchi bo'lib, Angliyaning o'zgartirilmas o'yinchisi bo'lishga uning potenciali etadi. Hozircha u terma safida 4 ta o'yin o'tkazishga ulgurgan, xolos.  Jud 16 yoshida (!) "Birmingem Siti"da ham yarim himoyaning asosiy bo'g'ini va boshlang'ich tarkib azosi sanalgan. Bu bolakay qaergacha parvoz qilishini tomosha qilish hamma uchun qiziq, to'g'rimi?  "Jurating, parvozing hamisha baland bo'lsin, Jud!"

Orkun Kokchu ("Feyenoord", Turkiya)

Eredivizi muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan Orkun Kokchu "Feyenoord"ning muhim futbolchilaridan biri. 20 yoshli o'yinchi katta sahnada Turkiya terma jamoasi uchun borini namoyish etib berishi muhim. Skautlar nigohi to'la-to'kis bo'lajak Evro'ga qaratilishini inobatga olib aytish mumkinki, Orkun keyingi mavsumda Niderlandiyadan tashqarida, ehtimol, top-5 ligadan birida paydo bo'ladi.

Adam Glojek ("Sparta", CHexiya)

Adam 18 yosh bo'lishiga qaramasdan, oxirgi uch masumdan beri "Sparta"ning asosiy futbolchisi sanaladi. Hujumchi yakunlangan mavsumda 19 o'yinda 15 ta gol urdi. Odamni lol qoldiradigan bu yigitchada CHexiyaning yulduzi bo'lish uchun hamma narsa bor.

Billi Gilmor ("CHelsi", SHotlandiya)

Billi Gilmorni "CHelsi"dagi o'yinlarini ko'p ham ko'rmaganmiz, ammo 19 yoshli futbolchi o'zining yorqin o'yinlarini yoshlar darajasidagi musobaqalarda namoyish etib bo'lgan va u SHotlandiya termasida o'z imkoniyatiga albatta, ega bo'ladi. Biz SHotlandiya terma jamoasining xalqaro turnirdagi ishtirokini deyarli ko'rmaganmiz, lekin ishonamizki, terma jamoa Gilmor kabi yulduzlari bilan muxlislarni lol qoldira oladi.

Qaysidir nom keltirilmagani, ro'yxatga kiritilmagani uchun mazur tutgaysiz. Biz har bitta yoshning o'yininini diqqat bilan kuzatib boramiz va ularga katta muvaffaqiyat tilaymiz. 

Qadrli o'quvchi, siz ushbu Evro’da qaysi yosh o'yinchining porlashini kutyapsiz? Marhamat, izohda yozib qoldiring.

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика