So’nggi yangiliklar

20:10U-23 Осиё Кубоги. Корея Ли Ён Жуннинг дубли эвазига Хитойни мағлуб этди  0 19:54Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" Сирдарё ФАга 5 та гол урди, "Металлург" ишончли ғалабага эришиб, плей-оффга чиқди, "Қўқон-1912" сафарда "Пахтакор" билан дуранг ўйнади  20 19:29Ўзил "Эл Класико" даражаси тушишида "Барселона"ни айблади  5 19:05Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" 0:0. Highlights  0 18:45"Камп Ноу"нинг очилиш санаси маълум бўлди  2 18:41Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ – Ўзбекистон 0:4 (матнли трансляция)  4 18:20АПЛнинг икки жамоаси "Лейпциг" ҳужумчисига даъвогар  0 17:50Мерсон: "Манчестер Сити" "Реал"ни шарманда қилди"  23 17:23АПЛнинг топ-клублари "Кристал Пэлас" вингерига қизиқишмоқда  0 16:56"Бу буюк мамлакат – Ўзбекистондаги биринчи ФИФА турнири бўлади" — Жанни Инфантино  10 16:30"Барселона" мухлисларининг Париждаги хатти-ҳаракати учун жаримага тортилди  1 16:01"Барселона" Ханси Фликни эҳтимолий бош мураббий деб ҳисобламайди  2 15:32"Манчестер Юнайтед" 3 нафар ҳимоячига қизиқиш билдирмоқда  0 15:00Ибороҳимҳалил Йўлдошев: "Қайрат" жамоаси мени илиқ кутиб олди ва жамоага яхши киришиб кетдим. Корея ва Япония терма жамоалари Осиё кубогида фаворит"  3 14:58Нагельсманн "немис машинаси" билан шартномани узайтирди  2

Siyavash Haqnazariy - CHeran, AGMKdan keyingi rejalari, Eron va Jahon chempionati haqida Yangiliklar

Siyavash Haqnazariy - CHeran, AGMKdan keyingi rejalari, Eron va Jahon chempionati haqida

AGMK yil boshida o'z safiga eronlik legioner Siyavash Haqnazariyni qo'shib oldi. Futbolchi chempionatimiz tarixida to'p tepgan ilk bor fors o'yinchisiga aylandi

 Yarim himoyachi Superligada bu mavsumda 26ta uchrashuvda maydonga tushdi va 5ta gol urdi. Jamoadoshlarining bitta goliga assistentlik qildi. U bilan mavsum yakunlari va Eron terma jamoasining Jahon chempionatidagi o'yinlari haqida suhbatlashdik. Quyida uning fikrlarini etiboringizga havola qilamiz. 

- Superligadagi debyut mavsumdan qanday taassurotlar qoldi?

- O'ylaymanki, Superliga turnir jadvalidagi barcha kuchli to'rt jamoa birinchi o'ringa loyiq sifatida . AGMK bundan ham yaxshiroq o'rinni olishiga ishonchim komil edi. CHempionatning boshlanishi doim qiiyn bo'ladi. Ayniqsa bir jamoada yangi futbolchilar paydo bo'lsa, bir-biriga ko'nikishi uchun vaqt kerak. Bazi uchrashuvlarda omadsizlik tufayli mag'lub bo'ldik. Ikkinchi davrada koncentraciyamiz bitta maqsadga qaratilgandi. Muhimi hech bo'lmaganda OCHL pley-off bosqichiga yo'llanma oldik. Bu biz bajargan minimal vazifa hisoblanadi.

- Demak bu qoniqarli, to'g'rimi? Vaholanki, AGMK so'nggi ikki mavsumni sovrinli o'rinlarda yakunlagandi...

- Nima bo'lganda ham o'tgan mavsumdagi natija haqida o'ylamasligimiz kerak. Xatolardan saboq chiqaramiz. Tan olishimiz shart munosib natijaga erisha olganimiz yo'q. Men AGMKning haqiqiy imkoniyatlarini juda yaxshi bilaman. 

- Legionerlar o'rtasidagi raqobatga qanday baho berasiz?

- O'zbekistonda yaxshi legionerlar bor. Ularning to'p tepishi Superligani oldinga siljishiga yordam beradi. O'zbekistonning ko'plab klublarida yaxshi saviyadagi legionerlarni ko'rdim. CHeranga kelsak, u yuqori darajadagi ijrochi. Vaziyatlarda gol urishni biladi. Yosh futbolchilar undan ko'p narsa o'rganishi mumkin. 

- Jahon chempionati haqida suhbatimizni davom ettirsak. Sizdan Eron haqida so'rashimiz tabiiy...

- Dastlabki uchrashuvda omadimiz kelmadi. Murabbiyning bu uchrashuvga rejalari bor edi. Lekin afsuski ish bermadi. Fikrimcha, Uels bilan o'yinda haqiqiy Eronni ko'rdik. Ular forslarning qanday salohiyatga egaligini ko'rsata olishdi. Oldinda AQSHga qarshi juda muhim uchrashuv bor. Umid qilamanki, maksimal ochko olib keyingi bosqichga chiqamiz. 

- Ikkinchi turga kelib hammasi joyiga tushayotgandek. Saudiya Arabistoni va Yaponiya yutqazdi. Janubiy Koreya mag'lub bo'ldi..

- Bu mundialda juda ko'p kutilmagan xodisalar ko'ryapmiz. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Buni Jahon chempionatidagi uchrashuvlar isbotlab bermoqda. 

- Faoliyatingizni AGMKda davom ettirasizmi?

- AGMK bilan shartnomam bor. Umuman olganda O'zbekistondagi ilk mavsumim yaxshi o'tdi. Takliflar borligi normal holat. Lekin klub men haqimda qaror qabul qilishi kerak. Umid qilamanki, yakunda hammasi men uchun yaxshi bo'ladi.  

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика