"Siti" so'nggi 3 yilikdagi eng yomon seriyani qayd etdi
01 dek 2019 14:27
Yangiliklar


"Siti" so'nggi 3 yilikdagi eng yomon seriyani qayd etdi
"Manchester Siti" kecha APLning 14-turi doirasida "Nyukasl" bilan durang o'ynadi.
Pep Gvardiola shogirdlari so'nggi 5 uchrashuvning to'rttasida g'alaba qozona olmadi. Jamoa "Sent Jeyms Park"da ikki bora hisobda oldinga chiqib olishgan bo'lsa-da, yakunda g'alabani ushlab qola olishmadi.
Gvardiola qo'l ostidagi "Siti" so'nggi 5 o'yinning to'rttasida g'alaba qozona olmadi va xunuk seriyani qayd etdi. Eslatib o'tamiz, jamoa seshanba kuni "SHaxtyor" bilan durang o'ynagan bo'lsa, unga qadar "Liverpul"ga mag'lub bo'ldi va yana bir bor "Atalanta" bilan ochkolarni bo'lishib oldi. Yagona g'alaba esa "CHelsi" ustidan qo'lga kiritildi.
"Siti"ning navbatdagi uchrashuvi "Bernli" maydonida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar