So’nggi yangiliklar

14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  0 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  28 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0

"Siti" derbida MYUni masxara qildi: Xoland va Foden uchtadan gol urdi, Ronaldu esa maydonga tushmadi Yangiliklar

"Siti" derbida MYUni masxara qildi: Xoland va Foden uchtadan gol urdi, Ronaldu esa maydonga tushmadi

Erling uchta uy o'yinida uchta xet-trik qayd etdi.

Manchester derbisi xalqaro tanaffusdan so'ng bo'lib o'tdi: shaharning qizillar tomoni 2ta mag'lubiyatdan so'ng, "Liverpul" va "Arsenal"ni mag'lub etgan holda, beshta o'yinlik g'alabali seriya qayd etishdi. MYU muxlislarida Ten Xagning nimadir qilib Xolandni to'xtatib qolishiga umid bor edi.




Ammo, bu amalga oshmadi. "Manchester Siti" 8-daqiqadayoq hisobni ochdi – Fil Foden Bernardu Silvaning pasidan so'ng darvozaga to'p kiritdi. Manchester derbisida hisobni manchesterlik yigit ochgani mantiqiy bo'ldi. Aytgancha, Fil bir shaharning ikki jamoasi to'qnashuvida oldin umuman gol urmagandi.


34-daqiqada esa hamma kutgan voqea ro'y berdi — Erling Xoland gol urdi. Bu safar burchakdan Kevin De Bryuynening pasidan so'ng. 



KDB ikki daqiqadan so'ng o'zining doimiy pasini uzoq ustunga yo'naltirdi — albatta, u erda ham Xoland bor edi. Norvegiyalik dubl qayd etdi. Bu belgiyalikning Erlingga 10ta birgalikdagi o'yinda beshinchi pas edi. Jeydon Sancho "Borussiya"da Xolandga 10ta assist berishi uchun 46ta o'yin ketgan.


Foden tanaffus oldidan dubl qayd etdi — bu safar Xolandning o'zi uzoq ustunga pas berdi. 4:0!


MYU 2020/21 yilgi mavsumdan beri APL tanaffusiga qadar to'rtinchi bor 4ta to'p o'tkazib yubormoqda. Bunga qadar "Tottenxem", "Liverpul" va "Brentford"ga qarshi o'yinda shunday voqea ro'y bergan edi.



Ikkinchi taymda yana ham ko'proq gollar urildi


MYU boshida biroz uyg'ongandek bo'ldi. Tanaffusdan so'ng Antoniga markazga ko'chib, zarba berishga imkoniyat qoldirishdi — braziliyalik uchun MYUdagi ikkinchi gol.


Balki o'sha payt "Siti"dan kimdir tinchlangandir, ammo aniq Erling emas. Dastlabki uning o'zi qanotdan kelgan pasga zarba berdi, so'ngra Fodenga zarba uchun qulay imkoniyat yaratdi. Yakun — 22 yoshli ikki o'yinchi xet-trik qayd etishdi.


Bu APL tarixida bir jamoaning ikki o'yinchisi xet-trik qayd etgan uchinchi holat bo'ldi: bunga qadar bunday vazifani "Arsenal" safida "Sautgempton"ga qarshi 2004 yildagi o'yinda Rober Pires va Jermeyn Pennant va "Lester" safida 2019 yilda o'sha "Sautgempton"ga Ayose Peres va Jeymi Vardi uchtadan gol urishgan.



Qizig'i, ikkalasiga ham o'yindan so'ng uyga olib ketish uchun to'p berildi.


Marsyal yakunda dubl qayd etdi — o'yin 6:3 hisobida yakunlandi. Gvardiola jamoasi raqibining ustidan "kulganday", osonlikcha g'alaba qozondi.


Ten Xagning o'zgarishlari esa o'yinni o'zgartirmadi. Aytgancha, Krishtianu umuman maydonga tushmadi — ilk bor ushbu mavsumdagi bir o'yinni to'lig'icha zaxiradan kuzatdi.



Rekordlar haqida ikki og'iz


• Bu o'yin Manchester derbilari orasida eng ko'p gol urilgani bo'ldi. Erling Xoland esa 1970 yildan beri qo'shnilar darvozasiga xet-trik qayd etgan ilk o'yinchiga aylandi (Foden esa ikkinchi!). Norvegiyalik bitta derbidan so'ng 3ta gol urdi — "Siti"ning eng yaxshi to'purari Serxio Aguero esa Angliyadagi faoliyati davomida jami MYUga 9ta gol urgan.


• Xolandning rekordlari haqida yana ozgina: Erling APL tarixida ketma-ket uchta uy o'yinida xet-trik qayd etgan ilk o'yinchiga aylandi. Vau!


• Hali bu hammasi emas. Norvegiyalikning uchta xet-triki uchun atigi 8ta o'yin ketdi. Oldingi rekordchi Maykl Ouen uchta o'yinda uchta xet-trik qilishi uchun 48ta o'yin ketgan. Van Nistelroy 59-o'yinda, Fernando Torres esa 64-o'yinda uchinchi xet-trikini qayd etgan.


• Jami Xoland faoliyati davomida 15ta (O'N BESHTA!) xet-trik ijro etdi. SHok! Taqqoslash uchun Salahda atigi 7ta, Keynda 19ta.



• Agar Evropaning top-15 ligalari olsak, Xoland u erdagi to'purarlar jadvalida ham (14ta gol, Levandovskida 9ta), "gol+pas"da ham (17 ochko, Neymarda 15) etakchilik qilmoqda.


• Aytgancha, Xoland faoliyati davomida uchinchi bor bitta o'yinda ikkita assist qayd etdi. Erling bunga qadar "Zalcburg"da ("Xartberg"ga qarshi 3+2, 7:2 hisobida g'alaba) va "Borussiya"da ("Ayntraxt"ga qarshi 2+3, 5:2 hisobida g'alaba) qarshi o'yinlarda pleymeykerga aylangan.


• Agar kattalar futbolini olsak, Manchester derbisi Xoland uchun faoliyatidagi eng samaradori bo'ldi — u bunga qadar beshta golda bir marta (aynan "Xartberg"ga qarshi o'yinda) ishtirok etgan, ammo "Molde" va "Borussiya"da ikkita poker ko'rsatgan.


Xolandda yaqin o'yinlarda yana ko'plab rekordlarni yangilash uchun imkoniyat bor: "Siti" ikki haftada "Kopengagen"ga qarshi CHLda ikkita o'yin o'tkazadi, bundan tashqari, uyda "Sautgempton"ga qarshi o'yin va Superkubokda Erlingni to'xtatib qolgan va endi "uyalmasdan" ko'plab gollar o'tkazib yuborayotgan "Liverpul"ga safar qiladi.



"Manchester Siti" – "Manchester Yunayted" 6:3 (4:0, 2:3)

Gollar: 1:0 – 8 Foden, 2:0 – 34 Xoland, 3:0 – 37 Xoland, 4:0 – 44 Foden, 4:1 – 56 Antoni, 5:1 – 64 Xoland, 6:1 – 73 Foden, 6:2 – 84 Marsyal, 6:3 – 90, penalti Marsyal.

"Manchester Siti": Ederson, Uoker (Serxio Gomes, 41), Ake, Akanji, Joau Kanselu, Gyundogan (Laport, 75), de Bryuyne (Alvares, 75), Bernardu Silva, Grilish (Palmer, 75), Foden (Marez, 75), Xoland.

"Manchester Yunayted": De Xea, Diogu Dalot, Varan (Lindelyof, 40), Martines, Malasia (SHou, 46), Eriksen, Brunu Fernandesh, Maktomini (Kazemiro, 59), Reshford (Marsyal, 59), Sancho (Fred, 70), Antoni.

Ogohlantirishlar: Diogu Dalot (2), Malasia (23), Brunu Fernandesh (80).


Manchester City

Phil Foden - 8', Erling Haaland - 34', Erling Haaland - 37', Phil Foden - 44', Erling Haaland - 64', Phil Foden - 73'

Premier League . 9-tur

02/10/2022, 18:00

3
:
6
Tugadi

Manchester United

Antony - 56', Anthony Martial - 84', Anthony Martial - 90'

Stadion: Etihad Stadium, 53475 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
8'  Phil Foden
8'  Bernardo Silva
34'  Erling Haaland
34'  Kevin De Bruyne
37'  Erling Haaland
37'  Kevin De Bruyne
41'  Kyle Walker (Sergio Gomez)
44'  Phil Foden
44'  Erling Haaland
64'  Erling Haaland
64'  Sergio Gomez
73'  Phil Foden
73'  Erling Haaland
75'  Ilkay Gundogan (Aymeric Laporte)
75'  Jack Grealish (Cole Palmer)
75'  Phil Foden (Riyad Mahrez)
75'  Kevin De Bruyne (Julian Alvarez)
2'  Diogo Dalot
23'  Tyrell Malacia
40'  Raphael Varane (Victor Nilsson Lindeloef)
46'  Tyrell Malacia (Luke Shaw)
56'  Antony
56'  Christian Eriksen
59'  Marcus Rashford (Anthony Martial)
59'  Scott McTominay (Casemiro)
70'  Jadon Sancho (Fred)
80'  Bruno Fernandes
84'  Anthony Martial
90'  Anthony Martial



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика