So’nggi yangiliklar

10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  0 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  5 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  7 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  5 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  32 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   40 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0

Sirojiddin Rahmatullaev: "Dilyaver Vaniev "Mashal"ni ruhiy tushkunlikdan olib chiqib keta oladi. Bangladesh chempionati saviyasi haqida esa yomon fikr bildira olmayman" Yangiliklar

Sirojiddin Rahmatullaev: "Dilyaver Vaniev "Mashal"ni ruhiy tushkunlikdan olib chiqib keta oladi. Bangladesh chempionati saviyasi haqida esa yomon fikr bildira olmayman"

"Mashal" jamoasining futbolchisi Sirojiddin Rahmatullaev yaqinda Bangladesh chempionati vakili bo'lgan "Saif Sporting" jamoasi safiga borib qo'shildi.

Yangi jamoasi safiga qanday borib qo'shilgani, "Mashal"dagi vaziyat va boshqa savollar bilan Sirojiddin Rahmattullaevga yuzlandik.

- "Saif Sporting" varianti qaydan paydo bo'ldi? Taklif qachon kelib tushdi?

- Oktyabr oyi o'rtalarida ushbu jamoadan taklif tushdi. "Mashal" direktori Ilhom aka Qurbonov bilan gaplashib barchasini kelishib oldim. Klubga hammasi uchun rahmat aytaman. Bangladesh klubiga 10 oyga ijara asosida o'tdim. Jamoa ixtiyoriga esa 7 noyabr kuni etib keldim.

- "Mashal" jamoasi sizni qo'yib yuborishi qiyin bo'lmadimi?

- Aytganimdek Ilhom aka meni to'g'ri tushundilar. CHunki, shartnoma tuzayotganimda agar chetdan variantlar bo'lsa yo'l ochiq ekanligini aytgandilar.

- Klubdagi ayni paytdagi vaziyat hususida nima deya olasiz ? Oxirgi o'yinlarda jamoaga nima etishmayapti? Balki moliyaviy muammolar pand berayotgandir...

- "Mashal" juda ham yaxshi jamoa. Biz hech qaysi bahsda boshqa jamoalardan kuchsiz harakat qilmadik. Balki, omad bizdan yuz o'girgan bo'lishi mumkin. Moliyaviy tomondan biroz qiyinchilik bo'lgani rost.

- Jamoa mavsumni juda yaxshi boshladi, ammo ikkinchi davrada omadsizliklar girdobiga tushib qoldi. Futbolchilarni ruhlantirishi mumkin bo'lgan narsa nima bo'lishi mumkin ?

- Ha, ikkinchi davrada omadimiz kelmayapti. Ilhom aka va Dilyaver Vaniev jamoani ruhlantirib bizga ishonishda davom etishdi. Fikrimcha Dilyaver Vaniev jamoani qiyin holatdan olib chiqib keta oladi. O'zi ham vaqtida futbolchi bo'lgan, jamoani qanday tayyorlash bo'yicha tajribasi katta. Ochiq ko'ngil inson deya olaman. Ularga rahmat aytib omad tilab qolaman.

- Yangi jamoangiz sizga qay darajada sharoit va qulayliklarni yaratib berdi?

- Klub uy berdi, barcha sharoitlar yaxshi. Meni alo darajada kutib olishdi. Jamoa bosh murabbiyi belgiyalik Pol Pot. Turli terma jamoalarda faoliyat olib borgan, yaxshi saviyadagi mutaxassis ekan.

- Bangladesh futboli daraja va saviya jihatdan pastda. Lekin bilamiz bu mamlakatda klublar moliyaviy tomondan barqaror va raqobat kuchli...

- Mamlakatning futboli va darajasi haqida yomon fikr bildirmayman. Futbol rivojlanmoqda. Vaqtida Malayziya chempionatining saviyasi past deb aytishardi. Lekin o'ylab ko'ring nega bizning futbolchilar Malayziya chempionatida kam, sanoqli futbolchi to'p tepmoqda. 

- "Saif Sporting" sizni nimasi bilan o'ziga jalb qildi va qaysi jihati sizda katta qiziqish uyg'otdi?

- Klub OFK kubogida o'ynashni maqsad qilgan. SHuning uchun ham shu klubni tanladim desam mubolag'a bo'lmaydi. 

- Sir bo'lmasa yana qaysi xorij chempionatlaridan takliflar tushdi?

- Tailand chempionatidan ham chorlov qabul qildim. Biroq men bu pallada hozirgi jamoam bilan shartnoma imzolab bo'lgan edim. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика