So’nggi yangiliklar

21:53FA Гвардиоланинг Англия Кубогидаги тўп ҳақидаги шикоятларига жавоби: "У ФИФА талабларига мувофиқ синовдан ўтказилди"  0 21:38Гвардиолага Англия Кубогидаги тўплар ёқмаяпти  0 20:39Футбол олами. Суперлига-2025'га ким қандай тайёрланди?  1 20:25"Истиқлол" - "Ал Насср". Таркиблар эълон қилинди  6 19:48"Ал Ҳилол" Собослаи учун 120 млн евро тўлашга тайёр  7 19:22ФИФА Покистон футбол федерациясига нисбатан қўлланган санкцияларни бекор қилди  0 18:56Роналду ким(лар)га ҳавас қилган?  12 18:28Венгер "Олтин тўп" учун 3 нафар асосий даъвогар номини айтди  22 17:59"Арсенал" ҳужумчисини сотиши мумкин  2 17:33"Реал", "Ливерпуль" ва МЮ қизиқаётган футболчига нарх белгиланди  2 17:06"Манчестер Сити" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона" собиқ футболчиси учун курашади  0 16:39Бензема "Реал"га қайтадими?  3 16:15Муҳаммадали Ўринбоевга "U-20 Осиё Кубогининг энг яхши тўпурари" соврини топширилди   5 16:00Педру Морейра "Ал Ҳилол"га қарши кечадиган баҳс олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  15 15:43Ана холос! Суперлига 1-турида клублар асосий футболчиларини майдонга тушира олмаслиги мумкин  19

Siroj Meliev: “O'yindan oldin gol urishni maqsad qilgandim” Yangiliklar

Siroj Meliev: “O'yindan oldin gol urishni maqsad qilgandim”

Pro liganing 1-turidan o'rin olgan “Yangier-Quruvchi” – “G'ijduvon” (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar futbolchisi Siroj Meliev bilan suhbatlashdik. U o'yinda jamoasining g'alaba to'pini yo'lladi.

“Avvalambor, O'zbekistonda futbol mavsumi boshlangani bilan hammani tabriklayman. O'yinga kelsak, taassurotlar juda ham ajoyib. Birinchi o'yin bo'lgani uchun ham boshida biroz qiyin bo'ldi. Asosiysi, murabbiyimiz bergan ko'rsatmalarini bajargan holda, muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Qolaversa, jamoa rahbariyati va muxlislarimizning ishonchini ham oqladik. 

- Aytingchi, jamoangiz nimaning evaziga muvaffaqiyatga erishdi?

- Asosiysi, birdamlik bilan harakat qilganimiz g'alabamizga sabab bo'ldi. To'g'risi, bugungi bahsda barcha yigitlar mehnat qildi. O'yindan oldin g'alaba qozona olishimizga ishonchimiz yuqori edi. Birgalashik harakat qildik, murabbiy ko'rsatmalariga etibor qaratdik. Bu esa natijasini berdi. Ishonamanki, g'alabali seriyamizni keyingi turlarda ham davom ettiramiz. 

- G'alaba to'pini kiritishingizni kutganmidingiz?

- To'g'risi, o'yindan avval jamoa g'alaba qozonishini va gol urishni niyat qilgandim. Jamoadoshim Qahramon Bahodirovga ham o'yindan oldin gol urmasdan, chiqmayman deb vada bergandim (kuladi). 

- Keling, endi mavzudan biroz chetlashamiz. Bu jamoaga kelishingiz qay tariqa ro'y berdi?

- Bosh murabbiy Bekzod Qodirqulov taklifi bilan kelganman. CHunki jamoa o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan edi. SHu tomonlari meni qiziqtirdi. 

- Unda aytingchi, jamoa o'z oldiga qanday maqsadlarni qo'ygan?

- O'z oldiga yuqori maqsadlar qo'yilgan. Nasib qilsa, biz buni amalga oshirishda bor kuchimiz bilan harakat qilamiz va muxlislarimizga g'alabalar taqdim etamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика