JCH-2022 saralash. O'zbekistonni mag'lub etgan Falastin Singapurga yutqazib qo'ydi
10 sen 2019 18:39
Yangiliklar


JCH-2022 saralash. O'zbekistonni mag'lub etgan Falastin Singapurga yutqazib qo'ydi
Singapore Shakir Hamzah - 3', Safuwan Baharudin - 38' |
World Cup Qualification AFC 2nd Round Grp. D . 2-tur 10/09/2019, 17:45 1
:
2
Tugadi
|
Palestine Yasser Hamed - 13' |
Stadion: 6011 tomoshabin
90+5. UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+4. Singapur bahsning so'nggi daqiqalarida qarshi hujumga o'tdi, ammo mezbon jamoa futbolchisi gol urishga urinish o'rniga burchakka borib vaqtni o'ldirdi va to'pni oldirdi.
90+1. Uchrashuv asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.
90. Zarba! Islom Batran jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berishga urindi, to'p himoyachiga tegishiga qaramasdan, posbon uni egallab oldi.
89. Mehmonlar standartdan to'pni jarima maydonchasiga tashlab berishdi, biroq Singapur yaxshi himoyalanyapti.
87. Falastin kombinacion hujum uyushtirishga urinmoqda, ammo barcha urinishlar follar yordamida to'xtatilyapti.
83: O'zgarish (Falastin): Mahmud Dada Nazmi Albadvi o'rnini egalladi.
82. Murabbiylar chizig'i oldida futbolchilar janjal uyushtirishdi. Hakam bazi futbolchilarni sariq kartochka bilan jazoladi.
79. O'zgarish (Singapur): Ihsan Fandi - Fariz Farhon.
69. XAVFLI VAZIYAT! Islom Batran jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pni o'ziga to'g'irlab oldi va darvozabon bilan birga-bir chiqdi. Falastinlik futbolchi zarba berayotganda himoyachi uni qo'li bilan orqaga tortdi. Zarbadan so'ng to'p darvozabon qo'liga tegib qaytdi, hakam xushtak chalmay, o'yinni davom ettirish kerakligini ko'rsatdi.
64. Sariq kartochka. Amirul Adli Azmi mehmon jamoaning qarshi hujumini qoidabuzarlik bilan to'xtatgani uchun jazolandi.
62. Falastinliklar burchakka yaqin joyda jarima zarbasi ishlab olishdi. Tamer Seyam to'pni jarima maydonchasi ichiga tashladi. Himoyachilardan o'tgan to'pni ilib olgan Oday Dabba darvoza tomon zarba berdi, biroz noaniq.
60. Ikkinchi bo'limning dastlabki 15 daqiqasida to'pga egalik qilish bo'yicha kichik ustunlik Singapur tomonda bo'ldi.
59. O'zgarish (Falastin): Mahmud Vadi O'rniga Islom Batran maydonga tushdi.
56. O'zgarish (Falastin): Muhammad Rashid o'rniga Muhammad Yamin maydonga tushdi.
51. Ikkinchi bo'limda falastinliklar ko'proq qoida buzishmoqda. Buni tushinish mumkin, ular tezroq to'pni olib qo'yib, hisobni tenglashtirishmoqchi.
49. Maydonda janjal. Jamoa vakillari asabiylashishmoqda, shu sababli hissiyotlarini yashira olishmayapti.
47. Sariq kartochka. Falastinlik Muhammad Darvish ogohlantirildi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
TANAFFUS
45. Uchrashuv asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.
42. Falastinliklar hisobni tenglashtirishi mumkin edi, ammo Oday Dabbaning zarbasi noaniq bo'ldi.
39. GOOOL! Singapur yana hisobda oldinga chiqib oldi, 2:1! Burchakdan uzatilgan to'pni Safuvan Baharuddin boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi.
36. Singapur jarima maydonchasi oldida mezbonlar qoida buzishdi. Falastin terma jamoasi futbolchisi standartdan darvozani nishonga olishga urindi, zarba noaniq.
34. Endi Falastin hujumda, mezbon jamoa esa himoyada. Falastinliklar ko'proq qanot orqali hujum uyushtirishga harakat qilishyapti.
30. O'yin yana tinchlandi, Singapur to'pni o'zida saqlab, pozicion hujum uyushtirishga urinyapti.
26. Malum bo'lishicha, Falastin o'z tarixida birinchi marta Singapur darvozasini ishg'ol qilibdi.
25. Falastin jarima maydonchasi oldida mehmonlar qoida buzgandek ko'rindi, ammo hakam o'yinni davom ettirish mumkinligini ko'rsatdi.
22. Mahmud Vadi Singapur darvozaboni bilan birga-bir chiqdi, ammo uning posbonni ustidan to'pni tashlab qo'yish niyati amalga oshmadi. Darvozabon to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.
20. Singapurdan ajoyib hujum: Yosir Hanapi raqib jarima maydonchasi ichida to'pni ko'kragi bilan o'ziga to'g'irladi, ammo himoyachilar zarba berishga yo'l qo'yishmadi.
19. Kichik ustunlik Falastin tomonga o'tdi.
16. Ketma-ket gollardan so'ng o'yin tempi biroz tushdi. Jamoalar "ekonom" rejimni "yoqishdi" va katta kuch bilan hujumga o'tishmayapti.
13. GOOOL! Falastin hisobni tenglashtirdi. Yosir Hamid jamoadoshidan kelgan to'pni osonlik bilan darvoza to'riga joyladi.
10. Dastlabki 10 daqiqalik ichida Singapur 4ta hujum uyushtirdi, Falastin esa 1 marta.
6. XAVFLI VAZIYAT! To'p Falastin jarima maydonchasi ichiga etkazib berildi, Baharuddin bosh bilan darvozaga zarba berdi, mehmonlar posboni bir amallab to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.
4. GOOOL! Singapur tezkor gol urishga muvaffaq bo'ldi. SHakir Hamza raqib himoyachilarining xatosidan foydalanib, to'pni Falastin darvozasi oldida olib qo'ydi va bir zarb bilan to'pni darvozaga joyladi.
1. Uchrashuv boshlandi.
- Aytgancha, yana bir guruhdoshimiz - Saudiya Arabistoni JCH-2022 ikkinchi saralash bosqichidagi ishtirokini bugun boshlaydi. Ular Yaman mehmoni bo'lishadi.
- Singapur birinchi turda Yamanni o'z uyida qabul qildi va 2:2 hisobida durang qayd etdi. Falastin esa O'zbekistonni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, sensacon natijaga erishdi. Turnir jadvalidagi holat quyidagicha.
- Assalomu alaykum hurmatli saytimiz o'quvchilari. Bir necha daqiqadan so'ng O'zbekiston bilan bir guruh ("D")dan joy olgan Singapur hamda Falastin terma jamoalari o'rtasidagi bahs boshlanadi.
Singapur - Falastin 2:1 LIVE
Gollar: SHakir Hamza 4, Safuvan Baharudin 39 - Yosir Hamid 13.
Singapur: Izvan Mahbud, Irfan Fandi, Safuvan Baxarudin, Amirul Adli, Nazrul Nazari, Xariss Harun (S), SHaxdan Sulaymon, SHakir Xamzax, Yosir Xanapi, Faris Ramli, Ixsan Fandi.
Falastin: Rami Hamada, Abdallah Jobir, Abdallatif Al Bahdari, Hamed Mayor, Al-Battat, Darvesh, Muhammad Rashid, Tamir Seyam, Natmi Al Badavi, Oday Dabbah, Mahmud Vadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar