Simonenko "Bunyodkor"ning Dubaydagi yig'iniga qo'shildi
21 jan 2014 14:33
Yangiliklar

Simonenko "Bunyodkor"ning Dubaydagi yig'iniga qo'shildi
Ukrainalik himoyachi Sergey Simonenko Toshkentning "Bunyodkor" klubi mashg'ulotlariga qo'shildi.
Bugun futbolchiga "qaldirg'ochlar" qiziqib qolishgani haqida xabar bergandik. Klub qarorgohidan olgan malumotlarimizga ko'ra Simonenko Dubayga etib borgan va jamoa ixtiyoriga qo'shilgan.
"Bunyodkor"ning Toshkentdagi yig'inida ishtirok etgan ukrainalik legioner Rizvon Ablitarovga esa javob berilgan.
Mirjalol Qosimov shogirdlari bugun mahalliy vaqt bilan 18:00da (19:00 Toshkent) navbatdagi mashg'ulotni o'tkazishadi.
Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor" bu yig'indagi ilk nazorat uchrashuvini 22 yanvar kuni "Rostov"ga qarshi o'tkazadi. "Qaldirg'ochlar" Dubayda Moskvaning "Dinamo" va "Spartak" klublariga qarshi o'ynaydi.

Fikrlar