Simone Inzagi: "Torino" bir soat yaxshi o'ynadi"
22 okt 2023 11:50
Yangiliklar
Simone Inzagi: "Torino" bir soat yaxshi o'ynadi"
"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi "Torino"ga qarshi o'yinda jamoasining o'yinidan xavotir olganini aytdi.
Uchrashuvdagi gollar 58-daqiqadan keyin kiritildi.
"Yigitlar yaxshi mehnat qilishdi, termalar tanaffusidan keyin "Torino" maydonida o'ynash - oson ish emas.
O'yinni yaxshi boshladik, biroq keyin birdaniga intensivlik tushib ketdi, o'zimiz istagan tizimni ushlab tura olmadik. Bu esa menda xavotir uyg'otdi. Biroq futbolchilardan minnatdorman, ular uchun barchasi yaxshi o'tdi.
"Torino" bir soat davomida yaxshi o'ynadi. Futbolda barchasi yarim soat ichida o'zgarib ketishi mumkin. Almashtirishlar orqali biz murabbiylar maksimal natijaga erishishimiz kerak bo'ladi.
Lautaro Janubiy Amerikadan qaytganiga bir yarim kun bo'ldi. U hozir yaxshi holatda. Jamoadagilar ham uni doimo qo'llab-quvvatlab turishadi", - dedi Inzagi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar