Simone Inzagi: "Jiru "Lacio" uchun foydali bo'lardi"
01 fev 2020 22:55
Yangiliklar


Simone Inzagi: "Jiru "Lacio" uchun foydali bo'lardi"
Rimning "Lacio" klubi bosh murabbiyi Simone Inzagi qishki transfer oynasining so'nggi kunida "CHelsi" hujumchisi Olive Jiru bilan shartnoma imzolanmaganidan afsuslanmoqda.
"Xoakin Korrea jarohatga yo'liqqani tufayli hujumda muammolar yuzaga kelmoqda. Immobile va Kaysedoda o'yinlar soni ko'pligi bois toliqish yuzaga kelishi mumkin. Jiru jamoamiz uchun foydali xarid bo'lar edi. Endi men 20 yoshli Bobbi Adekanedan yaxshiroq foydalanishga harakat qilib ko'raman", - dedi italiyalik mutaxassis.
Italiya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar