Simon Minole: "Zaxiriga o'tkazilganim menga foyda berdi"
31 dek 2014 00:33
Yangiliklar


Simon Minole: "Zaxiriga o'tkazilganim menga foyda berdi"
"Liverpul" posboni Simon Minole tanqidlardan to'g'ri xulosa chiqarganini va bu unga foyda keltirganini aytib o'tdi.
Ha, bu narsa menga foyda berdi. Kelajak hammasini ko'rsatib beradi. Men katta mehnat qilishim zarur. Brendan Rojers bilan gaplashib oldik. Murabbiy menga ko'p narsalarni tushuntirib berdi. Bu juda yaxshi suhbat bo'ldi. Men hech kimga hech narsani isbotlashim shart emas. Maydonga tushganimda nimalarga qodir ekanligimni ko'rsatishim kerak.

Fikrlar