So’nggi yangiliklar

13:50Бу - футбол эмас, цирк!  3 13:34Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси устидан жиноий иш қўзғатилди  3 12:54Анчелотти: "У тайёр"  5 12:26"Реал"ни таслим этишимизга ишонаман"  5 11:58УЕФА Суперкубоги. "Реал" ва "Аталанта"нинг тахминий таркиби билан танишинг  10 11:32"Олимпик"нинг эртаси нима бўлади?  7 11:19Ўзбекистон кубоги доирасидаги "Бунёдкор" - "Пахтакор" баҳсини ким бошқариши маълум  2 10:52"Челси" раҳбари Боули икки йил ичида ТОП-10 га кирди  2 10:25Жозе Моуринью EЧЛдан чиқиб кетганидан сўнг: "Биз барибир чемпион бўла олмасдик"  7 09:57Opta суперкомпютери Ла Лига старти олдидан чемпионлик учун асосий даъвогарни тахмин қилди  4 09:28Шомуродовнинг трансфери "Атланта"га тахминан қанчага тушиши маълум  8 08:57"Реал Мадрид"да Суперкубокдан аввал йўқотиш бор. Жамоанинг асосий футболчиси "Аталанта"га қарши учрашувни ўтказиб юборади  8 08:29Про лига. Бугун 16-тур баҳсларига старт берилади  2 07:59МЛСда трансфер ойнаси қачон ёпилади? "Атланта"нинг Шомуродовни қўлга киритиш учун жуда кам вақти қолди  3 07:30Саудия Суперкубоги. "Ал Ҳилол" камбек қилиб финалга йўл олди. Финалдаги рақиб бугун аниқланади  5

Simeonening mahluqlashgan bo'rilari. Nega "Atletiko" - Evropaning eng kuchli jamoasi Yangiliklar

Simeonening mahluqlashgan bo'rilari. Nega "Atletiko" - Evropaning eng kuchli jamoasi

Teglar :  Diego Simeone
"Atletiko" endi CHempionlar ligasi g'olibi bo'lishi lozim. Diego Simeone bunga boshqalardan ko'ra munosibroq ekanligini isbotladi.

"Atletiko"ning raqiblari o'z xatolaridan xulosa chiqarmaydigan ko'rinadi. CHorak finalda CHLning amaldagi g'olibini mag'lub etgan madridliklar CHempionlar Kubogiga ishonch bilan davogarlik qilishlari mumkin. Ammo ular haqiqatdan ham kuchlimi?


"Barselona"ga qarshi uchrashuv oldidan "Atletiko" stadioni quyidagi yozuvlar bilan bezatilgan edi: "Birgalikda g'alaba tomon". Muxlislar o'z kumirlariga ishonishdi va keyinroq kataloniyaliklar ham "Atletiko"ga past baho berish noto'g'ri ekanligini tushunishdi. "Atletiko" "Barselona"ni uch yil ichida ikkinchi marotaba CHLdan chiqarib yuborishi. Diego Simeone ko'k-anorranglilarning g'ildiragiga cho'p tiqishidan oldin "Barselona" formasini tiklab olishi kerak edi. Bulardan ko'ra qiyin va maqsadliroq jamoani topish amri mahol.

Aslida "Atletiko"ning g'alabasi kutilmagan voqea emas. Matraschilar mehmonda urilgan goldan foydalanishdi va Antuan Grizmann "Visente Kalderon"da ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. "Barselona"ga penalti berishmagan bo'lsada, kataloniyaliklar g'alabaga haqli emasliklarini tushunib etishdi.

Bu haqda Luis Enrike ham biladi va "Atletiko" yaxshiroq bo'lganini tan oldi.

Simeone shunday mutaxassiski, uning jamoasi xatto MSN dek triosi bor "Barselona"ni qo'rqita oldi. Bu jamoa taslim bo'lishni bilmaydi.

"Atletiko" - o'z maqsadiga ega, chidamli, har qanday qiyinchiliklarga tayyor jamoa. Bizdanda kuchliroq jamoalar bor, ammo biz ularga qarshi kurasha olamiz" - deydi Diego Simone.

Bu haqiqat. "Atletiko" futbolchilari himoyachilarga pressing uyushtirib, raqib maydonida to'pni olib qo'yish uchun so'nggi teri oqib tushmaguncha mehnat qiladi. Messidan xotirjamlik bilan to'pni olib qo'ygan temir asabli Filipe Luis va sirpanishlarda raqibga imkon bermayotgan Diego Godin va Xuanfran jamoaga kuch berib turdi va stadiondagi baqirishlar xatto Kataloniyada ham eshitildi.


"Atletiko"ning birinchi goli tinimsiz to'psiz harakatlanish yatijasida yuzaga keldi.


"Biz birinchi bo'limda gol urib, har bir vaziyat uchun kurashmoqchi edik" - deydi Simeone va uning rejasi ish berdi. Argentinalik mutaxassisning so'zlariga ko'ra, uning shogirdlari nimaga qodirliklarini isbotlab berishdi. To'pga ko'p ham egalik qilavermagan "matraschilar" xavfli hujum yaratishda raqibdan ustun bo'lishdi.

Hamma ko'rinib turgan narsa haqida gapiryapti: Madridliklar himoyalanishni bilishadi. Ko'pchilik Evropaning eng yaxshi oshirmachilari turnirni tark etganidan xafadir, ammo tashkilotchilik va mehnatkashlik g'olib bo'lganidan mamnun bo'lish lozim.

Statistika aldamaydi: CHLda pasni ilib ketish bo'yicha qaysi klubda eng yaxshi natija? To'g'ri, "Atletiko". Kim ko'proq sirpanishlar amalga oshirdi? So'zsiz, "Atletiko". Ikkinchi qavatlarda kim ko'proq g'olib chiqdi? Yana "Atletiko, qo'shimchasiga eng yaqin taqibchisidan 25% ko'proq.

Diego Godin - xavfni yo'qotish va paslarni ilib ketish bo'yicha eng yaxshi futbolchi. Opta portaliga ishonadigan bo'lsak, jahonda eng yaxshi sifatida sanaluvchi David Alaba va Manuel Noyer ko'plab xatolarga yo'l qo'yishdi va buning evaziga "Bavariya" gollar o'tkazib yubordi, ammo hozircha "Atletiko" ideal o'yin ko'rsatyapti.

Gap shundaki, Simeone shogirdlari futbolni xavfsiz o'yinga aylantirishdi. Ular uchun tavakkal yo'q, ular uchun himoya - sanat turi. Jamoa zerikarli o'ynamaydi, vaqtni cho'zmaydi va avtobus qo'ymaydi. Ular rohat olish uchun o'ynashadi.

Jamoaga xavf yaqinlashganda, ular sarosimaga tushishmaydi, shunchaki bunday vaziyatlardan rohatlanishadi. Stadion ham adrenalinning yangi dozasini olgandek xursand bo'ladi. "Atletiko" xatto o'z darvozasi oldidagi burchak zarbasidan ham "mazza" qiladi.

"Barselona" Madridga to'p tepish, sekingina yugurish uchun kelgandi, mezbonlar esa o'tgan mavsumda CHLni ag'dar-to'ntar qilib yuborgan jamoani jangga chaqirdi va hindular kataloniyaliklarni "tepib" tashlashdi. Luis Enrike jamoasiga qarshi yagona foydali yo'l bu - jang qilish, chunki ularni futbolda engib bo'lmaydi.

Uchrashuv oxirlarida "Barselona"ning birgina goli masalani hal qilib qo'yishi mumkin edi, "Atletiko" qo'rqmadi va himoyaga yotib olmadi. "Barsa" o'q uzayotgan bir paytda, "matraschilar" o'z imkoniyatini kutayotgan edi va ular yuzagan kelgan vaziyatdan foydalanib qolishdi. Himoyachining hujumi natijasida gol sodir bo'ldi.


Betaraf muxlis hayron bo'ldi, ammo "hindular" ishqibozlari buni avval ham ko'rishgan edi. "Atletiko" - bir butun jamoa. Bir kun avval Krishtianu Ronalduning mahorati "Real"ni CHL yarim finaliga olib chiqqan edi, ammo Grizmann urgan gol faqat uniki emas, balki butun jamoaniki bo'ldi.

Bu erda butun jamoa bir kishiga umid qilmaydi. "Visente Kalderon"da bir ismli futbolkalarni ko'rmaysiz ("Santyago Bernabeu"da Ronaldu), arenada bolalar Grizmann libosida, ularning ota-onalari esa Gabi, Koke, Torres formasida. Karrasko nomini esa butun stadion kuyladi.

Yosh belgiyalikning tez mashhurlashishi jamoaning ramzini ifodalaydi: Nomlar o'zgaradi, ammo "principlar" o'zgarmaydi. Ikki yil oldin CHL finalida ishtirok etgan 18 futbolchining uch nafarigina kechagi ur-to'palonda qatnashdi. "Atletiko"da futbolchilarni saqlab qolish qiyin - ammo bu kerak ham emas.

Aynan shu sabab Simeoneni bu erda boshqalardan ko'ra ko'proq yaxshi ko'rishadi. Bu hammasi - uning ko'ra olish qobiliyati va bu hali hammas emas.

"So'nggi uch yil ichida Evropaning eng kuchli jamoalari orasida bo'lish - muhim qadam, ammo biz ko'prog'iga umid qilyapmiz" - deydi Simeone.

Agar "Manchester Siti" yarim finalda "Atletiko"ga qarshi o'ynashni kutayotgan bo'lsa - bu yaxshi. Ular hamma shunday o'ylashini istayapti. "Atletiko" - ahil va bu ahillik finalga etib borish uchun emas, balki Milandagi jangda g'alaba qozonish uchun yordam beradi.


Jasur Aslanov tarjimasi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика