Simeone: "U yana qaytadi"

Mirjalol Normatov
21 may 2018, 13:38
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone hujumchi Fernando Torresning jamoadan ketishi haqida gapirdi.

"Torresning qaytganida ta’sirlangandim, uning ketishi ham men uchun og'ir bo'ldi.

Uning "Atletiko"da qoldirgan merosi - kiritgan gollari bo'ldi. Fernando hech qachon taslim bo'lmagan va barchaga hurmat bilan qaragan. Unga eng yaxshi tilaklarni tilayman. O'ylaymanki, u yana "Atletiko"ga qaytadi", - dedi Simeone.

34 yoshli futbolchining xizmatlariga AQSH va Yaponiya jamoalaridan qiziqishlar bo'lmoqda. U kecha "Atletiko"dagi so'nggi uchrashuvini o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru