Simeone Tripperning "Atletiko"da qolishini xohlaydi
04 jan 2022 10:38
Yangiliklar
Simeone Tripperning "Atletiko"da qolishini xohlaydi
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone himoyachi Kiran Tripperning klubda qolishiga ishonch bildirmoqda.
31 yoshli angliyalik futbolchi 2019 yildan beri Ispaniyada harakat qiladi.
"Uning biz bilan qolishiga umid qilamiz, ammo u ketishni xohlasa, biz uni ushlab tura olmaymiz", - deydi Simeone.
Tripper joriy mavsum barcha musobaqalarda 18ta o'yinda maydonga tushdi. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.
So'nggi paytlarda saudiyaliklar qo'liga o'tgan "Nyukasl" uni safiga qo'shib olmoqchi ekanligi va uni jamoadagi eng katta maosh oluvchi o'yinchiga aylantirmoqchi ekanligi haqida xabarlar yangramoqda.
Fikrlar