Simeone: "Sevilya"ga qarshi o'yindagi durangdan ko'nglim to'ldi, ammo g'alabani ilib ketsak bo'lardi"
02 mar 2015 15:12
Yangiliklar


Simeone: "Sevilya"ga qarshi o'yindagi durangdan ko'nglim to'ldi, ammo g'alabani ilib ketsak bo'lardi"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Sevilya"ga qarshi Ispaniya chempionati 25-tur uchrashuvidagi durang natijadan ko'ngli to'lgani haqida takidladi.
"Uchrashuv natijasini ijobiy deb hisoblayman. Ikkala jamoa ham maydonda yaxshi harakat qildi. O'yinda ikki qarshi hujumdan unumli foydalanganimizda, g'alabani ilib ketardik. "Sevil" xalqaro arenada ishtirok etish uchun kurashadi deganimda adashmagan edim" - deydi mutaxassis.
Ispaniya chempionati turnir jadvali bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin.

Fikrlar