Simeone: "Kelasi mavsum "Atletiko"ni Grizmannsiz tasavvur qila olmayman"
30 mar 2019 11:45
Yangiliklar


Simeone: "Kelasi mavsum "Atletiko"ni Grizmannsiz tasavvur qila olmayman"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone jamoa forvardi Antuan Grizmanning "Barselona"ga o'tishi haqidagi malumotga fikr bildirdi.
"To'g'risini aytsam, Grizmanndan havotir olmayapman. U "Atletiko" sardori, Antuan doimo jamoa uchun ter to'kadi. Bizni muhim o'yin kutib turibdi va Antuan borini berib o'ynashiga 100% ishonaman.
Kelasi mavsum "Atletiko"ni Grizmannsiz tasavvur qila olmayman. Uni klub bilan shartnomasi bor. Grizmannga bog'liq vaziyat haqida ayta oladiganlarim shu" - deydi Simeone.
28 yoshli Grizmann 2014 yilning yozida "Real Sosedad"dan "Atletiko"ga o'tgan edi. Transfer 30 mln. evro evaziga amalga oshgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar