Simeone: "Grizmann maydonga tushganida jamoaning o'yini yaxshilanyapti"
15 sen 2022 02:45
Yangiliklar


Simeone: "Grizmann maydonga tushganida jamoaning o'yini yaxshilanyapti"
"Atletiko" ustozi Diego Simeone jamoa forvardi Antuan Grizmanning 60-daqiqadan keyin maydonga tushayotgani borasida gapirdi.
"Barselona"dan ijaraga olingan franciyalik hujumchi uchun "matraschilar" kompensaciya pulini to'lamoqchi emas, shu sababli bosh murabbiy uni 60-daqiqadan keyin o'yinga tashlamoqda.
"U maydonga tushganidan keyin jamoaning o'yini yaxshilanyapti. Jamoa u bilan birga bo'layotgani zaxoti bizning o'yinimizda pozitivlik oshmoqda, bu rost. Grizmanni yaxshi ko'raman. U urilgan gollari hisobiga ham "Atletiko" uchun muhim futbolchilardan biri hisoblanadi.
Antuan ishlashda, rivojlanishda davom etyapti. U 32 daqiqami, 36 yoki 15 - jamoa uchun borini beryapti. Haqiqat shunday - u 30 daqiqada yaxshi futbol ko'rsatyapti. Agarda u 60 daqiqa o'ynasa, bilmadim, nimalar bo'lib ketishi mumkin", - dedi Simeone.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar