Simeone "Atletiko" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin
31 okt 2023 11:17
Yangiliklar
Diego Simeone 2027 yilning yoziga qadar "Atletiko" bosh murabbiyi bo'lib qolishi mumkin, deya xabar berdi COPE.
Madrid klubi va argentinalik murabbiy 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladigan shartnomani uzaytirishni muhokama qilmoqda. SHu bilan birga, "Atletiko" kelishuvga CHempionlar Ligasiga chiqa olmagan taqdirda, uni bekor qilish imkoniyati haqidagi bandni kiritmoqchi.
Diego Simeone 2011 yilning dekabridan beri Madridning "Atletiko" klubini boshqarib kelmoqda. "El CHolo" ikki marta "matraschilar"ni La Liga g'olibiga aylantirgan – 2014 va 2021 yillarda. Uning yutuqlari qatoriga, shuningdek, Evropa Ligasidagi ikkita g'alaba (2012 va 2018), UEFA Superkubogi (2012 va 2018) va CHempionlar Ligasi finalidagi ikkita o'yin (2014 va 2016) kiradi.
Fikrlar