So’nggi yangiliklar

09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  4 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  4 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  16 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  4 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  6 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  168 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  1 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  6 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  6 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  16

SHyurrlening g'ayrioddiy rekordi Yangiliklar

SHyurrlening g'ayrioddiy rekordi

2014 yilda o'tkazilgan jahon chempionati finalining qahramonlaridan birini yaxshi eslaysiz.

Professional faoliyatini "Maync"da boshlagan Andre SHyurrle 2010 yildan Germaniya termasiga chaqiruv ola boshladi. "Bayer" hamda "CHelsi"dagi ajoyib o'yinlaridan keyin 2014 yilgi mundialga jalb qilindi va 23 yoshida Braziliya yashil maydonlaridagi ishonchli o'yini orqali muxlislarga yorqin kelajagi haqida mujda bergan bo'ldi. Amalda esa... 

SHyurrle jarohatlar girdobiga cho'kdi. 2017 yilda terma jamoa bilan xayrlashgan o'yinchining 2020 yilning 17 iyulida (29 yosh) futbol bilan ham vido qilishiga to'g'ri keldi. Albatta, nemisning bu qarori uning muxlislari uchun kutilmagan bo'ldi, ammo 8 oyni maydon tashqarisida o'tkazib yuborgan Andre yana maydonga qaytish uchun kuch topa bilmadi.

11 yillik faoliyati davomida etiborga loyiq shaxsiy sovringa ega chiqolmagan SHyurrlening aynan shu qarori uning tarixga kirishiga kifoya qildi: germaniyalik yarim himoyachi faoliyatini yakunlar chog'ida transfer qiymati eng yuqori bo'lgan o'yinchiga aylandi — 20 mln evro.

Quyida faoliyatini yakunlaydigan paytda transfer narxi eng qimmat bo'lgan futbolchilar o'nligi bilan tanishing:

1. Andre SHyurrle ("Borussiya D"— 17.07.2020 (29 yosh) 20 mln evro.

2. Zinedin Zidan ("Real" — 10.07.2006 (34 yosh) 12,5 mln evro.

3. Filipp Lam ("Bavariya") — 01.07.2017 (33 yosh) 11 mln evro.

4. Marselino Paraiba ("Trezi") — 06.12.2020 (45 yosh) 10 mln evro.

5. Xaver Saviola ("River Pleyt") — 07.01.2016 (34 yosh) 10 mln  evro.

6. Villi Sanol ("Bavariya") — 01.01.2009 (31 yosh) 9,5 mln evro.

7. Pavel Nedved ("Yuventus") — 01.07.2009 (36 yosh) 9 mln evro.

8. Din Eshton ("Vest Xem") — 01.12.2009 (26 yosh) 8,5 mln evro.

9. Inyacio Abate — 16.11.2020 (34 yosh) 8 mln evro.

10. Martin Laursen ("Aston Villa") — 01.07.2009 (31 yosh) 8 mln evro.


Muallifning boshqa maqolalarini o'qish 

Muallif :
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика