SHveycariya termasi kiperi: “Robert De Niroga qo'ng'iroq qilaman”
29 iyu 2021 21:40
Yangiliklar
SHveycariya termasi kiperi: “Robert De Niroga qo'ng'iroq qilaman”
Evro-2020 1/8 finalida SHveycariya terma jamoasi musobaqa favoritlaridan biri bo'lgan Franciyani musobaqadan chiqarib yubordi.
Penaltilar seriyasida Kilian Mbappening zarbasini qaytargan darvozabon Yan Zommer bahsni gollivud filmiga qiyosladi.
“Robert De Niroga qo'ng'iroq qilib, bu filmda meni o'ynashni xohlaydimi yo yo'qligini so'rab ko'raman.
Tarixni yaratdik. Bor kuchimizni maydonda berdik. Jahon chempioniga qarshi o'yinda 1:3 dan chiqib ketish … Hech kim bizga ishonmadi, ammo biz barchasini o'zgartirib, oxirigacha kurashishimizni isbotladik. Franciya 1:3 bo'lganida biroz xotirjam harakat qildi, biz esa bundan sovuqqonlik bilan foydalandik”, deydi Zommer.
Fikrlar