So’nggi yangiliklar

15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  0 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  2 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  0 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  1 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  5 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  13 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  6 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  41 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  20 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  28 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  3 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  15

⚡️ SHveciyadagi o'zbekistonlik vunderkind kim? Uning Zlatanga qanday aloqasi bor? Yangiliklar

⚡️ SHveciyadagi o'zbekistonlik vunderkind kim? Uning Zlatanga qanday aloqasi bor?

Saytimiz asoschilaridan biri Nodirxo'ja Yuldashev SHveciyada faoliyat olib borayotgan SHohrux Abduxalilov haqida xabar topdi.

Kecha SHveciyada o'zbekistonlik bo'lgan SHohrux Abduxalilov haqida malumot berishim haqida yozib o'tgan edim. Juda ko'p xatlar keldi, kim ekan u, kim ekan?

SHoh joriy mavsum jamoasi tarkibida 30ta o'yinda 14ta gol urdi.  Bu U-17 ligadagi natija, bundan katta yana bitta liga bor xolos, U-19. Bir yil avval, 2021 yilgi mavsumda hamyurtimiz 17ta o'yinda 23ta gol urgan. Bu ancha muncha shved orzu qiladigan statistika.

U "Paxtakor" akademiyasida futbolni boshlab, u erdan Qorasaroy BO'SMga o'tadi. "Paxtakor"dan BO'SMga? Bu qanday qilib deysizmi? CHunki aynan shu jamoa o'rtoqlik uchrashuvida "Paxtakor"ni yutib ketadi, bolakayga esa BO'SMning o'yini yoqib qoladi. O'shanda bu klubga yaqindagina O'zbekiston o'smirlar terma jamoasida o'ynash huquqini qo'lga kiritgan Dilshod Abdullaev ham boradi. Natijada Otabek aka qo'l ostidagi bu jamoa 2004 klublariga qarshi "boy" berib yuradi. Ular faqatgina Olim SHokirov qo'l ostidagi 2004larni yuta olmas edilar. Keyin taqdir taqozosi bilan bu klub tarqaladi. Dilshod va SHohrux "Lokomotiv"ga o'tadi. Saydullo Tursunov qo'l ostida natijalar yomon bo'lmadi, ular u erda endi "troyka" bo'ldilar. Kuni kecha "Lokomotiv" o'rinbosarlari safida dubl qayd etgan, 2006 yillar terma jamoasi sardori Lazizbek Mirzaev ("Odil Ahmedov FA"ga 2018 yil kelgan) bilan raqiblarni "qiynay" boshlaydilar. Taqdir u erda bu uch futbolchini tarqatib yubordi, Abduxalilov futbolda, futbol bo'la boshlagach, biroz taqdirga qo'l siltaydi. Ammo bu qiyinchiliklar ortidan uni Skandinaviyaga borib qolishini kim o'ylabdi deysiz? Otasi SHveciyaga ishi tufayli oilaviy ko'chib o'tadi. SHunda o'g'lini 4 liganing havaskor klubiga beradi. U erda ham u Toshkentda bo'lgani kabi gol urish va pas berish qobiliyatini ishga soladi va yakunda, 2019 yil Zlatan Ibragimovich ixtiyoriga o'tgan "Xammarbyu" klubining skautlari nazariga tushadi. 

2019 yil Ibra sport sohasida katta invest kompaniya bo'lgan AEGning SHveciyadagi bo'limining 50% akciyasini sotib oladi. Bu kompaniyaga "Xammarbyu" klubining to'liq akciya paketi va Zlatanni o'zi to'p tepgan, Devid Bekxem mashhur qilgan "Los Anjeles Geleksi"ning 47% qismi tegishli. SHu tariqa bu klub Ibragimovich va uning hamkorlariga o'tadi. Tabiiyki, bu shvedni tarbiyalagan "Malmyo" jamoasining muxlislariga yoqmaydi, natijada klubni ashaddiy muxlislari unga stadion atrofida o'rnatilgan yodgorlikni bezab ketadilar. Bu qisqacha hamyurtimizni Zlatanga nima aloqasi borligi uchun axborot. Zlatan o'zi egalik qiladigan klubdagi istedodlar bilan ham yaqindan tanishligini inobatga olsak, uni SHohruxdan xabari bor deb o'ylayman.

Endi yana Abduxalilovga qaytaman. U, ayni paytda otasi SHveciyada faoliyat olib borayotganligi tufayli, 18 yoshgacha u erda erkin o'ynash huquqiga ega. 18 yoshga to'lganidan keyin legioner maqomini oladi. Hozir U-17 chempionatida chempionlik uchun kurash olib boryapti. Jamoa so'nggi yillarda akademiyasiga katta sarmoya kirita boshladi. Natija uzoq kuttirmadi, bu yil U-19 ligada "Xammarbyu" chempionlikka erishdi va yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionlar ligasi yo'llanmasiga ega chiqdi. U-17 jamoasi esa O'z hududida birinchi o'rinni oldi. Ikkita "zona"da bo'ladigan musobaqa 26ta turni o'z ichiga oladi va unda bir hamda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan klublar 4talik final guruhiga yo'l oladilar. SHveciyani futbol fabrikasi bo'lgan "Malmyo" bu musobaqada hozircha 2ta turdan keyin 6ta ochko bilan birinchi o'rinda bo'lsa, qahramonimizning jamoasi esa 2ta o'yinda 2ta durang o'ynadi. 13 noyabr kuni bu ikki jamoa o'rtasida uchinchi tur uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'zbekistondan chetga mana shu so'nggi 10 yil davomida yuzga yaqin futbolchi ketdi, lekin har doim ham u erdagi ishlar silliq ketmasligini, o'sha erda qiyinchiliklarni ko'rayotganlar juda yaxshi biladilar. SHohrux va boshqa shunga o'xshash futbolchilarimizga, Xudoning o'zi madadkor bo'lsin.

Yaqin kunlarda bu bolakay bilan ko'rishaman degan umiddaman!, deb yozgan o'z sahifasiga Nodirxo'ja Yuldashev.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика