SHveciya terma jamoasi bosh murabbiyi o'yindan keyin nimalar dedi?
18 iyu 2018 23:17
Yangiliklar
SHveciya terma jamoasi bosh murabbiyi o'yindan keyin nimalar dedi?
Andersson janoblarining so'zlariga qaraganda, uning shogirdlari yirik hisobda zafar quchishlari ham mumkin edi. Andreas Grankvistning penaltidan kiritgan yagona goli SHveciyaga kichik hisobdagi g'alabani taqdim etgandi.
“Men bugungi o'yin va undagi g'alabadan xursandman. Faqat bitta narsa menga yoqmadi, u ham bo'lsa bugun ko'proq gol kiritishimiz kerak edi. CHunki, buning uchun etarlicha xavfli vaziyatlarni yuzaga keltira olgandik. Bugun koreyaliklar darvozaboni o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.
Boshqa tomondan olib qarasak, Germaniyaning kechagi mag'lubiyatidan keyin bugun g'alaba qozonganimiz baribir yaxshi bo'ldi. Yani, guruhdan chiqish uchun bizning imkoniyatlarimiz oshdi”, - dedi Andersson.
Malumot uchun, SHveciya terma jamoasining Germaniyaga qarshi uchrashuvi 23 iyunga belgilangan.
Fikrlar