Shupo-Moting PSJ bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi

16 sen 2020, 08:44
Shupo-Moting PSJ bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi Futbolchi Parij klubida qolmoqchi emas.

Hujumchi Erik-Maskim Shupo-Moting PSJ bilan shartnomasini uzaytirmaydi. 31 yoshli forvarda parijliklar 1 yillik yangi bitim taklif qilgan. Biroq futbolchi bu taklifni rad etgan. Shupo-Motingning Parij klubi bilan shartnomasi sentyabr oyi boshida yakuniga etdi va u erkin agentga aylandi.

Kamerunlik futbolchi PSJ sharafini 2018 yildan beri himoya qilib kelayotgandi. U bu davr mobaynida jami 51 ta o'yinda qatnashib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com