SHupo-Moting "Bavariya" futbolchisiga aylandi
05 okt 2020 19:36
Yangiliklar


SHupo-Moting "Bavariya" futbolchisiga aylandi
"Pari Sen-Jermen" klubi sobiq hujumchisi Erik-Maksim SHupo-Moting "Bavariya"ga o'tdi. Bu haqda myunxenliklar matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Forvard oldinroq PSJ bilan shartnomani yangilashdan bosh tortgan va erkin agentga aylangan edi.
31 yoshli kamerunlik futbolchi "Bavariya" bilan 1+1 sxemasi asosida bitim imzoladi.
Eslatib o'tamiz, SHupo-Moting PSJ tarkibida 2018 yildan buyon harakatlanib kelayotgan edi. Forvard francuz klubi uchun 51 uchrashuv o'tkazib, 9 gol va 3 ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar