So’nggi yangiliklar

12:23ЖЧ-2026 саралаши. Қатар терма жамоасининг бўлажак ўйинлар учун таркиби маълум   0 11:54Футзал. Марокаш футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  0 11:40Жейдон Санчо: "Тўғрисини айтсам, ёшлигимда Дидье Дрогба ва Фрэнк Лэмпард кумирларим эди"  3 11:11Карикатура: Каземиро "Олд Траффорд"да "Ливерпул"га эшикларни очиб берди  3 10:33Муҳаммад Салоҳ келаси ёзда "Ливерпул"ни тарк этиши мумкинлигини маълум қилди  0 09:51Эрик тен Хаг: "Мен сиздек инсонларга ачинаман"  13 09:20Арне Слот 88 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди  3 08:47Sofascore. 10 дақиқа ҳаракат қилган Шомуродов, 82 дақиқа ҳаракат қилган Довбик билан деярли бир хил баҳога лойиқ кўрилди  3 08:35Туркия чемпионати. "Башакшехир"да йирик ғалаба, Пёнтекдан хет-трик! (+мусобақа жадвали)  3 08:17"Кайсериспор" Отабек Шукуровни трансфер қилишга яқин  5 08:10А Серия. 3-турнинг марказий учрашувида ҳисоб очилмади, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  6 07:51Мбаппе ўзини "Реал"да Роналдунинг вориси деб ҳисоблайдими? деган саволга жавоб берди  2 07:24Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  1 06:45ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Бетис", Мбаппе ЛаЛигадаги биринчи голини урди  1 02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  46

“SHunqorlar” barchasi uchun rahmat (Muxlis maktubi) Yangiliklar

“SHunqorlar” barchasi uchun rahmat (Muxlis maktubi)

Teglar :  Qo'qon-1912
"Qo'qon-1912" klubi rasmiy saytida muxlis tomonidan yozilgan ochiq xat elon qilindi. Quyida ushbu maktubni o'qish mumkin.
Qadrli jamoa azolari. Aslida bu so'zlarni oldilaringa borib har birlaringga birma-bir aytib chiqmoqchi edim. Lekin o'ylab ko'rib so'zlarimni qog'ozga yozib quya qoldim. Bu yilgi mavsum ham yakuniga etdi. SHuning uchun ham o'z minnatorchiligimni bildirish maqsadida qog'oz qoraladim. Avvalo jamoamiz ustozi No'mon Hasanovga tashakkur aytmoqchiman. Jar yoqasida qolgan jamoani qabul qilib, sevimli klubimizni kuchlilar safida olib qolganingiz uchun rahmat. Sizni bemalol kuchli mutaxassis deb atasak bo'laveradi. (Agar kimdadir shubha bo'lsa jamoamizning birinchi davrada ko'rsatgan o'yinlari va ikkinchi davradagi o'yinlarni solishtirsin. Keyin aytsin, joziba, taktika, mano va mantiq qay birida borligini. “Paxtakor” shunday kuchli murabbiyni qo'ldan chiqarganiga afsuslansa arziydi). SHuningdek, o'zining ajoyib driblinglari bilan qo'qonlik muxlislar mehrnini qozongan Javohir Sidiqov va legionerlarimiz Nikola Valentich hamda Darko Gojkovichlarga ham rahmat aytaman. Keyingi yilda ham sizlarni jamoamizda ko'rsak xursand bo'lardik. Sizlarning o'yinlaringdan rohatlandik, mazza qildik. Ishoninglar yigitlar sizlar hech bir o'yinchidan kam emasliklaringni isbotladinglar. Keyingi yili boshqa jamoaga o'tib ketsalaring ham qarorlaringni to'g'ri qabul qilamiz. Faqat bitta gap eslaringda tursin sizlarni qattiq sog'inamiz. Endi buyuklik sari OLG'A.

O'tgan yili Doniyor Usmonov va Quvondiq Ro'zievlarga bu so'zlarni ayta olmagandim. Bu futbolchilar ham jamoa uchun o'z mehnatlarini ayamagan edilar.
So'nggi uch yildan beri jamoaning biror bir o'yinini qoldirmaslikka harakat qilaman. Imkon topdim deguncha mashg'ulotlarga ham kelaman. Tanishtiruv marosimlarida ham shu erda bo'ldim. Bu yog'iga ham sevimli jamoa bilan birga bo'laman, xudo xohlasa.

Bu jamoa uchun o'z hissasini qo'shgan barcha insonlarga boshim erga tekkuncha rahmat aytaman. Klub prezidentidan tortib qarovuligacha, xavfsizlikni taminlagan xodimlaridan tortib, matbuot xodimlarigacha RAHMAT!

Ushbu maktubni bizga ismi sharifini nomalum bo'lgan bir muxlisimiz berib yuboribdi. Uning dil so'zlarini sizlarga etkazishni o'zimizning burchimiz deb hisobladik. Zero, “Qo'qon-1912” jamoasi har doim o'z muxlislarini xursand qilishni maqsad qilgan. Ishonamizki, yangi mavsumda ham futbol ishqibozlari jamoamiz g'alabalaridan xursand bo'lishadi va bizga shunday maktublar yo'llashadi.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика