SHukurali Po'latov: "Neftchi"ni tark etdim"
13 dek 2013 08:04
Yangiliklar


SHukurali Po'latov: "Neftchi"ni tark etdim"
Oxirgi kunlarda "Neftchi" lagerini birin ketin etakchilar tark etmoqda.
Himoya markazida mazmunli harakatlari bilan mahalliy muxlislarning olqishiga sazovor bo'lgan SHukurali Po'latovning farg'onaliklar bilan tuzgan shartnomasi o'z kuchini yo'qotgandi. SHu bois futbolchi kelgusi taqdirini boshqa bir jamoa bilan bog'lamoqchi.
- Uzoq o'ylanishlardan so'ng, kecha rasman "Neftchi"ni tark etdim. Kecha bazaga borib, jamoa azolari bilan xayrlashib keldim. Oldimda bir nechta variantlar bor. Ularning ichida "Bunyodkor"dan kelib tushgan taklif qiziqroq tuyulmoqda. Niyatim kelasi yil o'zimni OCHL bahslarida sinab ko'rish. "Neftchi"da eng katta turnir men uchun bu - OFK Kubogi musobaqasi bo'ldi. Nasib qilsa endi OCHLda ham o'ynayman. Mamlakatimiz chempioni safiga qachon qo'shilishim aniq emas. Bu variant hali amalga oshadimi yo'qmi vaqt ko'rsatadi", - deydi SHukurali Po'latov "CA" saytiga.
Fotoda SHukurali Po'latov "Lokomotiv"ga ko'chib o'tgan Anvar G'ofurovga qarshi.

Fikrlar