So’nggi yangiliklar

14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  0 14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  1 14:20ОКМК 6 йилдан буён Намангандан ғалабасиз қайтмоқда. Лушчан ва Қосимов дуэлида ким ғолиб чиқади?  3 13:58"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди  4 13:37Учрашувнинг сўнгги қисми жанжалга айланиб кетган "Нефтчи" - "Бухоро" баҳсидан ГАЛEРEЯ  1 12:25"Интер" Маркус Рэшфордни нишонга олди  3 11:47А Серия клуби Антони билан шартнома имзолашга уринди. Аммо, у Испанияга қайтишни хоҳламоқда  1 11:20"Манчестер Сити" ўйинчиси янги клуби билан келишувга эришди  1 10:51Поль Погба “Монако“га ўтмайди. Унинг режалари ўзгарди  4 10:23“Арсенал“ Испания терма жамоаси аъзоси билан келишувга эришди (Фабрицио Романо)  2 09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  24 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  20 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0 08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  8 08:01Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  4

SHukurali Po'latov: “Indoneziya futbolini bizdan juda past deb hisoblamayman” Yangiliklar

SHukurali Po'latov: “Indoneziya futbolini bizdan juda past deb hisoblamayman”

Tajribali himoyachi SHukurali Po'latov o'tgan mavsum Bangladesh klubida o'tkazdi.

Hozirda futbolchi yurtimizga qaytib kelgan va oilasi bilan dam olmoqda. Mavsum yakunlari va kelgusidagi rejalari bo'yicha Po'latov bilan suhbatlashdik.

- SHukurali, o'tgan mavsumni Bangladesh chempionatida o'tkazdingiz. Bu jamoada ikki mavsum to'p surdingiz. Bu o'tish qay tariqa amalga oshirilgandi?


- 2019 yilda Indoneziya chempionatida to'p tepib, yurtimizga qaytganimdan so'ng agentim Bangladeshdan taklif borligini aytdi. Mazkur taklifning moliyaviy, boshqa tomonlarini o'rganib chiqib, rozilik bildirgandim. Keyinchalik klub men bilan shartnoma muddatini uzaytirishdi. Ayni vaqtda mavsum yakuniga etdi. Hozirda oilam bilan birgalikda yurtimizda dam olmoqdaman.

- Nega aynan Indoneziya va Bangladesh chempionatlarida to'p tepishni afzal bildingiz?


- Har bir futbolchida legioner sifatida to'p tepishni istaydi. SHu paytda menga Indoneziyadan dastlab yaxshi taklif tushdi. Har tomonlama menga manzur bo'lgani uchun bunga rozilik bildirgandim. Keyinchalik Bangladesh klubidan ham ajoyib taklif bo'ldi.

- Ko'pchilik nazarida, bu davlatlarda futbol saviyasi past darajada deb hisoblashmoqda. Bizning futbol bilan solishtira olasizmi?


- Bilasizmi, Indoneziya futbolini bizdan juda past deb hisoblamayman. Etibor va qiziqish juda yuqori. Har bir uchrashuvga 50 ming ziyod muxlislar stadionga tashrif buyurishadi. Bangladeshda ham yildan-yilga futbolga juda katta etibor berilmoqda va saviya ham chakki emas. O'sish kuzatilmoqda.

- Kelgusidagi rejalar qanday? Yurtimizdan taklif tushsa, buni qabul qilasizmi?


- Hozir oilam bilan dam olmoqdaman. Takliflarni ko'rib chiqishga tayyorman. O'zbekistondan yaxshiroq taklif bo'lsa, albatta buni ko'rib chiqaman. Barchasi kelib tushadigan takliflarga bog'liq.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика