So’nggi yangiliklar

17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  2 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39Суперлига. "Андижон" - "Динамо" 1:0 (матнли трансляция)  3 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  17 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  26 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  7 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1

SHukurali Po'latov: "Hozircha maoshlarimizni o'z vaqtida berishyapti" Yangiliklar

SHukurali Po'latov: "Hozircha maoshlarimizni o'z vaqtida berishyapti"

Joriy futbol mavsumining endigina 6ta turi ortda qolgan bo'lsada, millionlar o'yini ishqibozlari shu paytgacha o'tgan o'yinlarda etarlicha kutilmagan natijalarga guvoh bo'lishdi.
Bu juda ham yaxshi holat. Kelishilgan o'yinlardan holi chempionatning o'tkazilishi ana shu kutilmagan intrigani taqdim etayapti, desak xato bo'lmasa kerak. Kasbimiz va ishimiz yuzasidan har kuni juda ko'pchilik bilan soha vakillari bilan suhbatalashamiz. Ularning deyarli 100 foizi ham aynan shunday fikrni ilgari suryapti. Agar mavsum oxirigacha ana shu halollik saqlab qolinsa, futbolimiz taraqqiyotida oldinga kattagina qadam tashlangan bo'lardi.

Har holda shunday bo'lishiga umid qilib qolamiz. Ana shu biz so'z yuritayotgan intrigaga o'z xissasini qo'shayotgan jamoalarda biri bu Neftchidir. Aslida Neftchi shov-shuv ko'tardi, degan so'zni ishlatishning o'zi nojoizdek tuyuladi. CHunki, o'tgan asrning 90-yillarida bu jamoa o'zbek futbolining bayroqdori bo'lgan. Lekin so'nggi yillarda vodiyning bosh jamoasi o'z mavqeyini malum sabablarga yo'qotib qo'ydi. Mana bu yildan Neftchi yana avvalgidek o'yin ko'rsata boshladi. To'g'ri, hali xulosa chiqarishga biroz erta. Aytganimizdek, endigina 6-tur uchrashuvlari ortda qoldi. Ammo Murod Ismoilov jamoasi hozircha yomon taassurot qoldirmayapti. Biz aynan 6-tur oldidan Neftchi etakchi futbolchisi SHukurali Po'latovdan intervyu oldik.

- SHukurali, mavsumni juda yaxshi boshladinglar. Ko'z tegmasin, hozircha Neftchi mag'lubiyatsiz odimlayapti. Aytingchi, ijobiy natijaning siri nimada?
- Bunda hech qanday sir yo'q. SHunchaki, juda ahil jamoa jam bo'lgan. Maydonda barcha futbolchilar bir-birini juda yaxshi tushunib harakat qilyapti. Aytishadiku birdamlikda gap ko'p, deb. Keyin murabbiylarimizning o'yindan oldin berayotgan ko'rsatmalarini to'g'ri bajaryapmiz. Qolaversa, omad ham bizga kulib boqayotganligini aytgan bo'lardim. O'ylaymanki, mana shu ruhiyatda o'ynashda davom etsak, bu yil nihoyat Neftchi sovrinli o'rinlardan birini egallaydi.

- Faqat shu omillar hisobiga muvaffaqiyatli o'ynayapsizlarmi yoki hali kuchli raqiblar bilan o'ynamaganinglar uchun peshqadamlar safida boryapsizlarmi?
- Bilasizmi, mavsum endigina boshlandi. Siz aytgandek, oliy ligamizning grand klublari bilan hali to'qnash kelmadik. Nazarimda aynan etakchilarga qarshi kechadigan uchrashuvlarda Neftchining asl kuchiga baho berish mumkin bo'ladi. Lekin shu ortda qolgan 5ta turda ham kuchsiz jamoalar bilan o'ynamadik. Avvalgidek jamoaning nomiga qarab baho berish o'zini oqlamayapti. Mana so'nggi o'yinni olaylik. Mashalga qarshi kechgan uchrashuv biz uchun markaziy o'yin maqomida o'tdi. Juda ham muhim bo'lgan uch ochkoni o'z hisobimizga yozib qo'ydik. Mashal o'tgan yilgi mavsumni kuchli beshlikda yakunlagan edi. Muborakliklar bu yil sovrinli o'rinlar uchun kurashishyapti. Qolgan jamoalar haqida ham shunday fikrdaman. Mana Qo'qon-1912 klubini oling. Bir necha yillik tanaffusdan so'ng yana kuchlilar safiga qaytgan viloyatdoshlarimiz mavsumni juda yaxshi tempda boshlashdi. Bu kutilmaganlikdan emas, balki jamoalarning kuchi tenglashib borayotganligidan darak beradi. 



- Ana shu ortda qolgan 5ta o'yindan qaysi biri jamoangiz uchun eng qiyini bo'ldi, deb ayta olasiz?
- Oson o'yinning o'zi yo'q. Osonlikcha hech bir jamoa nafaqat uch, balki bir ochkoni ham berib qo'ygisi kelmayapti. Hamma o'yinimiz qiyinchilik bilan o'tdi. Bu bi tomondan yaxshi ham. Qiyin o'yinda qo'lga kiritilgan g'alabaning mazasi ham totli bo'ladi. Klub rahbariyatining talabchanligi, qolaversa, jamoamiz ishqibozlarining qo'llab-quvvatlashi, kerak bo'lsa talabi bizni oldinga yurishga ruhlantirmoqda. Hamma o'yinimiz katta bosim ostida o'tyapti. Keyin oliy ligamizning 6-7 jamoasi Osiyo CHempionlar ligasiga beriladigan yo'llanmalardan birini qo'lga kiritish uchun astoydil harakat qilmoqda. Aytishlaricha, kelasi yili ham OCHLda bizga 3+1 ko'rinishidagi o'rinlar beriladi. Bu holat etakchi klublarimizdan tashqari qolgan jamoalarimizga ham qo'shimcha kuch bag'ishlayapti. Qitaning nufuzli klublar musobaqasiga 4ta o'rinning ajratilishi oliy ligada keskinlikning ortishiga sabab bo'ldi, deb ayta olaman.

- Joriy mavsumda Neftchi oldiga aniq maqsad qo'yilganmi? Yoki muxlislarga yoqadigan futbol namoyishi bilan cheklanasizlarmi?
- Neftchi jamoasi qanday holatda bo'lishidan qatiy nazar, hamisha oliy maqsadlar qo'yiladi. Har bir uchrashuvga xuddi so'nggi final o'yiniga chiqayotgandek taassurotda, yani faqat g'alaba uchun tushamiz. Bu yil niyatlarimiz yanada jiddiyroq. Aytganimdek, OCHLga berilaligan yo'llanmalar uchun kurashishga tayyormiz.

- Oliy ligada jamoalar sonining 16taga etkazilgani yaxshi bo'ldimi?
- Albatta. Jamoalar sonining ko'paygani ayni muddao bo'ldi. Futbolchilar o'yin amaliyotiga ko'proq ega bo'lishadi. CHempionatimiz hozirgidek, yani 5ta turda bo'lgani kabi halol kurashlar ostida davom etsa, futbolimizda yaxshigina o'sishga erishiladi. SHaxsan men bu yilgi futbol mavsumidan juda ko'p narsa kutyapman. Birinchi galda o'yin sifatining oshishi, qolaversa, sovrinli o'rinlar uchun kurashning so'nggi turgacha davom etishini xohlayman va shunday bo'lishiga ishonaman. Neftchi jamoasining mana shu sovrinli o'rinlar uchun poygada g'olib bo'lishini ham chin dildan istayman. Qolaversa, bu yil avvalgi mavsumlardan farqli ravishda barqaror o'yin namoyish etib, xorij klublarida o'zimni sinab ko'rish istagi ham yo'q emas. SHunga astoydil harakat qilaman.

- SHukurali, halol o'yinlar haqida gapirdingiz. Avvallari kelishilgan o'yinlar bo'larmidi? SHaxsan o'zingiz ham shunday o'yinlarga to'qnash kelganmisiz? Sizga ham kelishishni tavsiya qilishganmi?
- Ochig'i, bu savolga javob bera olmayman. CHunki, bu narsaning tepasida turmaganman, bunday jirkanch holatga to'qnash kelmaganman. SHaxsan o'zimga ham shu paytgacha o'yinni kelishaylik, deb hech kim murojaat qilmagan.



- Neftchining yangi stadioni Istiqlol haqida qanday fikrdasiz?
- Farg'ona shahrida qad rostlagan yangi stadion jahon talablariga to'liq javob beradi. Bu stadion shahrimiz ko'rkiga yanada ko'rk qo'shdi. O'ylaymanki, bu stadionda muxlislarimizni faqat g'alabalar bilan xushnud qilamiz. Mana kuni kecha O'zbekiston va Yangi Zelandiya yoshlar (U-20) terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi Istiqlol stadionida ko'tarinki kayfiyatda o'tkazildi. Stadionga muxlis sig'may ketdi. O'FF rahbariyati ana shunday terma jamoalar o'rtasidagi o'yinlarni ko'proq viloyat stadionlariga ishonib topshirsa, maqsadga muvofiq bo'lardi. CHunki, xalqaro o'yinlar muxlislar bilan to'la stadionlarda o'tkazilsa, yana ham fayzli bo'ladi.

- Bu yilgi mavsumda chempionlik uchun qaysi jamoalarning imkoniyatini ko'proq baholaysiz?
- Kamtarlik hamda ayrimlar uchun biroz kulguli bo'lsada aytaman, bu mavsumda Neftchi jamoasi chempionlik uchun kurashadi. Endi istak bilan uni amalga oshirish o'rtasida katta farq bor. Eng muhimi, o'z kuchimizga ishonishimiz kerak. SHunda hammasi biz o'ylagandek amalga oshadi. O'zi har doim katta maqsadlar bilan yashash kerak ekan. Mayli, chempion bo'lmasak ham, sovrinli o'rinlardan birini egallarmiz. SHunga tog'dek maqsad qo'yib harakat qilaverish kerak. Astoydil harakat qilsak, albatta maqsadimizga erishamiz. Endi vaziyatga real qaraydigan bo'lsak, chempionlik uchun Paxtakor, Lokomotiv va Nasafning imkoniyatlarini yuqoriroq baholayman. Bunyodkor jamoasini ham esdan chiqarmaslik kerak. Qaldirg'ochlar Lokomotiv singari OCHLning pley-off bosqichiga chiqishdan batamom umidlarini uzishdi. Guruhning so'nggi tur o'yinlarini rasmiyatchilik uchun o'tkazishadi. Tabiiki, endi bu ikki klub bor etiborini ichki chempionat va kubok bahslariga qaratadi. Demak, Bunyodkorni ham bu ro'yxatga qo'shish mumkin. Ammo Paxtakor va Lokomotivning imkoniyatlarini yuqoriroq baholagan bo'lardim. Keyin Olmaliq jamoasi ham biz kabi mavsumni yomon boshlamadi. Endi birinchi davra bahslaridan so'ng ko'p narsa oydinlashadi.

- O'tgan yili avvaliga Bunyodkor, keyin Navbahorda o'ynadingiz. Nima deb o'ylaysiz, Bunyodkorda sizga o'yin amaliyotini berishmadimi yoki raqobat kuchlilik qildimi?
- Mavsumlar oralig'idagi qishki o'quv-mashg'ulot yig'inini Bunyodkor bilan birga o'tkazdim. Xorij yig'inlarida shug'ullandim. Lekin mavsumni qaldirg'ochlar safida boshlash nasib qilmadi. Ijara asosida Navbahor tarkibida birinchi davrani o'tkazdim. Bunyodkorga asosiy tarkibda o'ynash istagida kelgandim. Lekin hamisha ham siz o'ylagan narsalar amalga oshavermas ekan. Buning sabablari ko'p. Qaysidir joyda o'zim xato qilgandirman. Balki, siz aytgandek raqobat kuchlilik qilgandir. Xullas, jamoaga qo'shilib ketishim qiyin kechdi. Zaxirada o'tirib, qachon navbatim kelishini kutishni esa istamadim. Futbolchi uchun o'yin amaliyoti juda ham zarur. Kuchli jamoaning zaxirasida o'tirishdan ko'ra, o'rtamiyonaroq klubning asosiy tarkibida doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lishni afzal bildim.

- Neftchiga qaytish, bu uyga qaytish degani. Aytingchi, boshqa takliflar ham bormidi?
- Albatta. Takliflar etarlicha bo'ldi. Boshqa takliflarni ham taroziga qo'yib o'ylab ko'rdim. Lekin yuragimga quloq soldim va uning aytganini qildim. Neftchi jamoasini tanlaganimdan afsuslanmayman.

- OCHLda ishtirok etayotgan klublarimizning o'yinlari sizda qanday taassurot qoldiryapti?  
- OCHL guruh bahslarida o'zimizning klublarga muxlislik qilyapman. Afsuski, Lokomotiv va Bunyodkor jamoalari guruhdan chiqish masalasini ijobiy hal qila olishmadi. Ayniqsa, Bunyodkor o'z maydonida o'tkazgan uchchala o'yinida ham mag'lubiyatga uchrab, o'zbek klublarining antirekordini o'rnatdi. Lokomotiv ham o'z imkoniyatidan ancha past darajada o'yin namoyish etdi. Tarkib jihatdan temiryo'lchilar ancha kuchli edi. Paxtakor va Nasafda esa hali pley-offga chiqish uchun imkoniyat bor. Menga bu ikki klubning 5-turda ko'rsatgan o'yinlari maqul keldi. Ikkala jamoamiz ham bir kun farqi bilan safarda Eron klublariga qarshi maydonga tushishdi. Nasaf irodali va shu bilan birga o'zi uchun tarixiy g'alabani qo'lga kiritdi. Artur Gevorkyan o'zining ajoyib o'yini va chiroyli goli bilan Nasafga g'alaba keltirdi. Paxtakor ham g'alabaga juda yaqin kelgandi. Lekin yuzaga keltirilgan qulay vaziyatlardan foydalana bilmaslik jamoaga pand berdi. Bir ochko bilan cheklanishdi. Ammo, bu jamoamizda ham imkoniyatlar saqlanib qolyapti. Endi OCHL musobaqasi katta nufuzga ega. Arab jamoalarini ko'ryapsiz, o'z tarkiblariga nafaqat Braziliya, balki Evropaning ko'zga ko'ringan futbol yulduzlarini ham taklif etishyapti. Katta pul sarflash evaziga OCHLda ijobiy natijalarga erishishyapti. Istaysizmi-yo'qmi, bugungi kunda arab jamoalari moliyaviy jihatdan bizdan ustun. Istalgan sport turida moliyaviy jihat katta ahamiyatga ega bo'lgan.  

- Moliya haqida so'z ochdingiz. Neftchida maoshlarni o'z vaqtida olyapsizlarmi?
- Ha, hammasi joyida. Hozircha maoshlarimizni o'z vaqtida berishyapti.

- Oldingi siz o'ynagan vaqtdagi Neftchi bilan hozirgi Neftchining o'rtasida qanday farqni sezdingiz?
- Sezilarli va juda katta farq bor, deb ayta olmayman. To'g'ri, jamoada yangi murabbiy ishlayapti. Tarkibda yangi futbolchilar ham bor. Lekin jamoa ananasi saqlanib qolgan. Neftchi asosan o'z tarbiyalanuvchilariga suyanadi. Legioner futbolchilarga deyarli ehtiyoj sezilmaydi. Mana bir paytlar Neftchi safida yorqin o'yin namoyish etgan futbolchilar yana Farg'onaga qaytishdi. Bu juda ham to'g'ri qaror deb o'ylayman. O'zi tug'ilib o'sgan viloyatning bosh jamoasiga yordam berib, shu yo'l bilan farzandlik burchi, muxlislar oldidagi qarzini uzmasa, yana qaysi yo'l bilan uni uzadi?

- Bosh murabbiy Murod Ismoilov haqida fikringiz qanday?
- Murod aka har tomonlama o'z ishining ustasi. Bir necha yil Paxtakor jamoasida bosh murabbiy bo'lib ishladilar. Aytmoqchimanki, tajribalari juda ham katta. Hozirgi muvaffaqiyatlarimizda murabbiyimizning xissalari katta. Ularning ko'rsatmalarini to'g'ri bajarish orqali o'zimiz uchun kerakli bo'lgan natijaga erishyapmiz.  



- JCH-2018 qurasi haqida qanday fikrdasiz? Terma jamoamiz guruh g'olibi sifatida keyingi bosqichga chiqa oladimi?
- Menimcha, qura biz uchun juda yaxshi bo'ldi. Asosiy raqiblar Bahrayn va KXDR bo'lishi kundek ravshan. Bu ikkala jamoani ham bemalol yutish mumkin. Hozirgi holatimiz va terma jamoada jam bo'lgan futbolchilar bilan bu vazifani uddalanishiga ishonaman. Endi Bahrayn hamisha biz uchun noqulay raqib bo'lib kelgan. Adashmasam, rasmiy o'yinlarda hali Bahraynni mag'lubiyatga uchratmaganmiz. So'nggi jahon chempionatining pley-off bosqichida ham ular bizni Toshkentda hal qiluvchi o'yinda penaltilar seriyasida yutib ketishgandi. O'sha alamli mag'lubiyatlar uchun munosib tarzda javob berish fursati etib keldi. KXDR esa himoyaviy o'yin namoyish etadigan jamoalar sirasiga kiradi. Bunday uslubdagi jamoalar bilan o'ynash hamisha qiyin kechadi. Agar hisobni ochib olsak, keyin marra bizniki bo'ladi. Filippin terma jamoasi bilan hali o'yin o'tkazilmagan. Yaman bilan uchrashuv Dubayda bo'lsa kerak. Lekin har qanday holatda ham bu ikki jamoa bizga raqib bo'la olmaydi. O'ylaymanki va ishonamanki, terma jamoamiz guruh g'olibi sifatida keyingi bosqichga yo'llanma oladi. 

- Kuni kecha Evropa CHempionlar ligasida chorak finalning javob uchrashuvlari o'tkazilib, yarim final ishtirokchilari malum bo'ldi. Sizning chempion bo'lish qaysi jamoaga nasib qiladi?
- Dunyoning eng kuchli jamoalari yarim finalga etib kelishdi. Ayniqsa, Bavariya, Real va Barselonani alohida takidlagan bo'lardim. Menimcha, bu kvartetda Yuventusning imkoniyatlari pastroq. O'zi turinliklarning shu bosqichga etib kelganining o'ziyoq katta natija. 

- O'zi qaysi jamoaga muxlislik qilyapsiz?
- Realga muxlislik qilyapman. Lekin qaysi jamoa chempion bo'lishini taxmin qilish juda ham qiyin. Teng kuchli va bir-biriga munosib jamoalar yarim finalda maydonga tushishadi.


  Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика