SHukurali Po'latov: “Dinamo”dan yaxshiroq o'ynadik
25 jan 2014 22:41
Yangiliklar

SHukurali Po'latov: “Dinamo”dan yaxshiroq o'ynadik
SHukurali Po'latov garchi Bunyodkor” – “Dinamo” (Moskva) uchrashuvining ikkinchi bo'limida maydonga tushgan bo'lsa-da, u bilan bog'liq etiborli jihatlar ko'p bo'ldi.
U himoyadan turib moskvaliklarning ikki futbolchisini aldab o'tdi va birgina pas bilan Bahodir Pardaevni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqardi. O'yin oxirlarida esa u to'p uchun kurashda Kevin Kuranini to'xtatib qolgani uchun darvozamiz tomon penalti belgilandi. Uchrashuvdan so'ng Po'latov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- “Dinamo” jamoasi avvalgi raqibimiz “Rostov”dan anchagina kuchli ekanligini bilardik. Bugungi bahs davomida raqibdan qolishmasdan o'ynadik, deb bemalol ayta olaman. Hattoki golli vaziyatlar yaratish borasida moskvaliklardan ikki-uch barobar yaxshiroq o'ynadik. Bir vaziyatda to'pni egallab olganimdan so'ng jamoadoshlarimga nigoh tashladim va hamma raqib azolari bilan berkitilganligini ko'rdim. SHunda qarshimdagi ikki futbolchini aldab o'tishga qaror qildim va oldingi chiziqda Pardaev ochildi. Tezlik bilan to'pni unga oshirdim va Bahodir darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi. Garchi o'sha vaziyat gol bilan yakunlanmagan bo'lsa-da, bir-birimizni juda yaxshi tushinib o'ynaganimizni takidlab o'tgan bo'lardim. Bu jihat kun sayin yaxshi tus olmoqda. O'yin yakunlanishiga tahminan besh daqiqa qolganida darvozamiz tomon penalti belgilandi. O'sha vaziyatda Kevin Kuranining libosidan biroz tortib qolganimni tan olaman. Baxtimga Dudjek 11 metrlik nuqtadan foydalana olmadi. “Rostov” va “Dinamo” bilan o'yinlarimizni solishtirganda bugun ancha yaxshi o'ynadik va to'pni o'zimizda ko'proq saqlab turdik. Bir-birlarimizga oshirayotgan paslarimiz soni ham ko'paydi.
Dubayda o'tayotgan yig'inimizda yaxshi manoda qiynalyapmiz. Yani murabbiylar tomonidan bizga Toshkentdagi yig'inimizga qaraganda ko'proq yuklamalar berilyapti. Trenajyor zali va qumli sohillarda olib borilayotgan mashg'ulotlarda yangi mavsum uchun bir yillik “zaryad” olyapmiz. Hozir qanchayin qiynalsak mavsum davomida bizga shunchalik oson bo'ladi, - deydi SHukurali Po'latov.

Fikrlar