So’nggi yangiliklar

14:22Расман: "Андижон" икки легионер билан шартномани бекор қилди  0 14:00ПСЖ Чемпионлар лигаси бир мавсумида 148,4 миллион ишлаб топди. Нега бунча кўп?   1 13:23"Насаф" ўз футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  8 13:13"Крус Асул" - КОНКАКАФ Чемпионлар кубоги ғолиби  2 12:44Танаффусдаги тараддуд. "Шўртан" назорат учрашувида ғалаба қозонди  0 12:20Искандар Шойқулов: "Кўп очко йўқотдик. Умид қиламанки, тез орада ҳаммаси жойига тушади"  1 11:55Жалолиддин Машарипов: "Ҳаддан ташқари ортиқча мотивация ўйинга халақит бериши мумкин"  16 11:30Ҳамдан ибн Муборак БАА олдига Ўзбекистонга муносиб қаршилик кўрсатиш талабини қўйди  15 11:15Ўзбекистон миллий терма жамоаси кўтаринки кайфиятда БАА билан ўйинга тайёрланмоқда  3 10:50"Барселона" "Арсенал" футболчиси билан музокараларни бошлади  6 10:22ПСЖ яна бир талант учун курашга қўшилди  4 09:53Гарначо фаолиятини АПЛда давом эттиришга қарор қилди  4 09:24ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни ижарага бериш керак"  11 08:55Футзал. Бугун Ўзбекистон кубогининг финал учрашуви бўлиб ўтади  0 08:20УEФА клублар рейтингини янгилади  29

SHukur Po'latov: “Endi biz uchun har bir o'yin finalga teng” Yangiliklar

SHukur Po'latov: “Endi biz uchun har bir o'yin finalga teng”

“Neftchi” klubi mazkur haftada “o'zbek klassikosi” deb nom olgan uchrashuvda ishtirok etadi.

Gap shundaki, farg'onaliklar 15 oktyabr kuni o'z maydonida “Paxtakor”ni qabul qiladi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi to'qnashuv esa oldindan “o'zbek klassikosi” deb nomlanib keladi. “Neftchi” jamoasining ishongan futbolchilaridan biri – SHukur Po'latovdan esa muxlislarning umidi katta. U har safar maydonda jonbozlik ko'rsatmoqda. Iqtidorli himoyachi muhim bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

-  “Paxtakor”ga qarshi o'yinimiz har doim qiyin bo'lgan, - deydi Po'latov. - Rostini aytsam, “Paxtakor”ga qaraganda biz oxirgi o'yinlardagi muvaffaqiyatsizliklar sababli ruhiy tomondan oqsayapmiz. O'z uyimizda o'ynaymiz, yo'qotadigan ochkolarimizni yo'qotib bo'ldik. Ha, oldimizda turgan uchrashuv qiyin bo'ladi. Ammo “Paxtakor”ga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz deb o'ylayman. Jarohat olgan o'yinchilarimiz bor va ularning o'yinga qadar sog'ayib ketishadi degan umiddamiz. O'z maydonimizda amaldagi chempionni engish uchun oxirigacha harakat qilamiz. Futbolda g'alaba qozonish uchun bir-ikkita o'yinchi bilan emas, balki butun jamoa bilan erishiladi. Bilib turibmiz, “Paxtakor”ga ham g'alaba kerak. Ular kuchli uchlikka kirishga harakat qilishyapti. Lekin bizning ham boshqa ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q. G'alaba qozonmasak bo'lmaydi” – deydi Po'latov  “Futbol Ekspress” nashriga bergan intervyusida.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика