So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  2 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  7 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  5 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

SHuhrat Muhammadiev: “Sekeyraga ko'proq vaqt berish kerak” Yangiliklar

SHuhrat Muhammadiev: “Sekeyraga ko'proq vaqt berish kerak”

Superliganing 23-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Lokomotiv” (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar futbolchisi SHuhrat Muhammadiev fikrlariga quloq tutdik.

“Qo'qondan ochko bilan qaytishni istagandik. Afsuski, hakamlar chiqargan bazi tushunarsiz qarorlar rejalarimizni buzib tashladi. O'yindan keyin matbuot anjumanida bosh murabbiyimiz aytgan fikrlarga qo'shilaman. Biz Qo'qonga katta maqsadlar bilan kelgandik. Natija uchun oxirigacha kurashdik. Hakam esa kutilmagan qarorlari bilan o'yinni “buzib” qo'ydi.

Bu bilan o'zimizni oqlamoqchi emasman. Biroq hakamning tushunarsiz qarorlarii bizni ruhan “sindirdi”. Oxirgi vaqtlarda matbuotda hakamlar mavzusi juda keng muhokama qilinmoqda.

Mavsum boshida “Lokomotiv” sovrinli o'rinlar uchun kurashga qo'shilgandi. Bugungi mag'lubiyatdan keyin 3-o'rin uchun imkoniyatlarimiz juda kamayib ketdi. Biroq biz professionalmiz va oxirigacha kurashamiz. Navbatdagi uchrashuvlarda ijobiy natija qayd etish uchun maydonga tushamiz.

Sekeyra haqida nimalarni aytishim mumkin? U ajoyib mutaxassis. Evropacha futbolni jamoamizga olib kirdi. Unga ko'proq vaqt berish kerak. Bunday darajadagi mutaxassislarni taklif qilish bizning futbolimizga foydali”, - deya so'zini yakunladi Muhammadiev.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика