So’nggi yangiliklar

01:00Ла Лига. "Барселона" "Сельта" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  8 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  22 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  7 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  4

SHuhrat Maqsudov: Ummonga shunchaki sayohat uchun ketayotganimiz yo'q… Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: Ummonga shunchaki sayohat uchun ketayotganimiz yo'q…

SHu kunlarda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi (U-22) BAAda bo'lib turibdi va ilk bora shu yosh toifasida tashkil etiladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Terma jamoamiz delegaciyasi yakshanba kuni Dubay shahriga etib bordi.

Qita chempionatiga esa 11-26 yanvar kunlari Ummon davlati mezbonlik qiladi. SHuhrat Maqsudov shogirdlari musobaqaning guruh bosqichida Xitoy (12 yanvar), Iroq (14 yanvar) va Saudiya Arabistoni (16 yanvar) terma jamoalari bilan bahs olib borishadi. Ochig'i, tarkib ancha kuchli va qita chempionatida jamoamizdan ijobiy natija kutishga haqlimiz. Faqat bu erda juda katta masuliyat bosh murabbiy zimmasiga tushadi. SHuhrat aka futbolchilarni yagona maqsad yo'lida birlashtirib, ularga o'z qarashlarini singdira olsa, bas. Muhimi, Maqsudov murabbiylar shtabidagi yordamchilarini tanlashda adashmadi. Ummon-2014 chempionatiga yo'l olgan jamoamiz asosini 1993 yili tug'ilgan futbolchilar tashkil qilishadi. Bu yigitlar bilan bir necha yillardan beri Aleksey Evstafeev ishlab kelmoqda. Murabbiylar shtabida Aleksey Vladimirovich kabi sobiq yoshlarni biladigan mutaxassis yo'q. Murod Ismoilov tanlovi ham juda to'g'ri, bir hisobdan. Terma jamoaning naqd 15 (!!!) nafar azosi Paxtakorda uning qo'l ostida o'ynagan. Xullas, jamoamizni g'oliblikka asosiy davogarlar safiga qo'shsak bo'ladi. O'z o'rnida aytish joiz, guruhdagi raqiblarimiz ham bo'lajak musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rish­yapti. Jumladan, Saudiya Arabistoni yoshlar terma jamoasi o'z yig'ini doirasida Qatarning Al-Arabi klubi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazib, g'alaba (2:0) qozondi. Hamad Jizoniy va Abdulkarim al Qahtoniy o'zlarini ko'rsatishdi. Kecha saudiyaliklar Qatarning yana bir jamoasi, OCHL-2011 g'olibi - Al-Sadd bilan ham o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi. SHuningdek, Iroq va xitoyliklar ham qo'l qovushtirib o'tirganlari yo'q. Bir so'z bilan aytganda, raqiblarimiz Osiyo chempionatiga jiddiy qarashyapti. Biz jamoamiz safari oldidan, aniqrog'i, O'FF qoshidagi suniy qoplamali maydonda o'tkazilgan oxirgi mashg'ulotlardan so'ng bosh murabbiy SHuhrat Maqsudovdan alohida intervyu oldik. Takidlash joiz, bu Maqsudovning yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida bergan ilk intervyusidir.

- SHuhrat aka, bosh murabbiy etib tayinlanganingizdan keyin hali biror marta intervyu bermagandingiz. SHu paytgacha Neftchi va Olmaliq klublari, O'zbekiston milliy terma jamoasida katta murabbiy lavozimlarida ishladingiz. Tabiiyki, bosh murabbiylik katta masuliyat va javobgarlik talab qiladi. Umuman, bu tayinlovni qanday qabul qildingiz?
- Avvalo yurtdoshlarimiz, millionlab futbol ishqibozlarini Yangi yil bilan tabriklayman. Ot yilidagi futbol mavsumi ulkan g'alabalarni tuhfa etsin. Endi savolingizga kelsak, mamlakatning har qanday yosh toifasidagi terma jamoasini boshqarish istalgan murabbiy uchun sharaf hisoblanadi. SHu sabab taklifni xursandchilik bilan qabul qildim. Ammo aytganingizdek, zimmamga katta masuliyat va javobgarlik yuklandi. Bor imkoniyatimni ishga solib, jamoamizning muvaffaqiyatiga hissa qo'shishga harakat qilaman. Negaki, Vatan jamoasi haqida gap ketyapti. Uning uchun jon fido qilishga ham tayyor turish kerak. O'ylaymanki, yillar davomida yordamchi bo'lib ishlab yurib, to'plagan tajribam endi asqotadi. Zero,Neftchi va Olmaliqda ham, milliy termada ham zabardast murabbiylar bilan birga ishladim, ulardan ko'p narsa o'rgandim.

- Ha, Yuriy Sarkisyan, Igor SHkvirin hamda Mirjalol Qosimovga assistentlik qildingiz. Tabiiyki, bu murabbiylarning taktika va qarashlari turlicha. So'ramoqchimizki, ish uslubingizda o'zgarish bo'ladimi?

- Albatta. Klub va terma jamoa o'rtasida katta farq bor. Ish uslubidagi o'zgarishlar birinchi galda, shu holat bilan izohlanadi. Eng avvalo, etiborimni intizomga qarataman. Jamoada intizomni yo'lga qo'ymay turib, ijobiy natijaga erishish gumon. Mazmunli, muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish etishni ham maqsad qilganmiz.

- Toshkentda tashkil etilgan qisqa muddatli o'quv-mashg'ulotlar yig'inidan ko'nglingiz to'ldimi? Oldindan belgilangan rejalaringiz amalga oshdimi?
- Hamisha ham inson xohlagandek bo'lavermaydi. Qaerdadir kamchiliklar seziladi. Bu tabiiy holat va barchasini to'g'ri qabul qilish kerak. Ob-havo sharoiti mashg'ulotlarni ko'ngildagidek o'tkazishga imkon bermadi. Bu bahona emas. Haqiqatan ham, ho'l qor maydon holatiga salbiy tasir o'tkazmay qolmadi. Mashg'ulotlarni Jar stadionining qo'shimcha maydonida olib bordik. Mana, yig'inning so'nggi kuni O'FF yonidagi maydonda mashg'ulot o'tkazdik. Paxtakorga qarshi kechgan nazorat uchrashuvi esa CHilonzor suniy qoplamali maydonida bo'lib o'tdi. Meni xursand qilgan narsa shuki, futbolchilarning kayfiyatlari alo darajada. Yigitlar Osiyo chempionatida yuqori natija ko'rsatib, yurtdoshlarimizga quvonch ulashishni maqsad qilishgan. Buning uchun bor imkoniyatni ishga solamiz. Xullas, Ummonga sayohat uchun ketayotganimiz yo'q.

- O'zingiz istagan tarkibni yig'a oldingizmi? CHunonchi, 1991 yili tavallud topgan futbolchilarni ham chaqirish imkoni bor edi...
- Tarkib binoyidek. Lekin ayrim futbolchilarda kichik jarohat bor. O'ylaymanki, shifokorlarimiz ularni 12 yanvarga qadar safga qaytarishadi.

- Aynan kimlarni nazarda tutyapsiz?
- Akbar Ismatullaev va Javlon Mirabdullaevni. Bugungi ikki tarkibga bo'linib o'tkazgan o'yinimizda bu futbolchilar aynan jarohat tufayli maydonga tushishmadi. Umid qilamiz, Xitoy bilan o'yinga qadar ular muammodan qutulishadi.

- O'FF Terma jamoalar markazi mutasaddilaridan so'raganimizda, turnir uchun aniq vazifa belgilanmagani, lekin O'zbekiston nomidan borilayotgani uchun munosib ishtirok etish kerakligini aytishgandi. SHu narsaga oydinlik kiritib o'tsangiz: jamoa oldiga biror vazifa qo'yildimi?
- Biz O'zbekiston, Vatanimiz nomidan Osiyo chempionatida qatnashamiz. SHunday ekan, musobaqaga maqsadsiz borish yaramaydi. Qanday sharoitda bo'lishimizdan qatiy nazar, har bir uchrashuvda maydonga g'alaba ishtiyoqida tushamiz. Maqsadlarimiz - oliy. Buni faqat amalda isbotlash kerak.

- Guruhdagi raqiblar haqida malumotlar etarlimi?
- Hozir kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Lekin biz hech kimdan kam emasmiz va hech bir raqibdan cho'chimaymiz ham. To'g'ri, guruhimizdagi 4ta jamoa ham kuchli. Guruhdan chiqish imkoniyatlari deyarli bir xil. Endi yil boshi ekanligini inobatga olsak, futbolchilarimizda funkcional tayyorgarlik bo'yicha ozgina kamchiliklar sezilishi mumkin. Lekin takror aytaman, bu hech qanday bahona emas. CHempionatda omad ham katta rol o'ynaydi. Umid qilamanki, omad nihoyat, bizga kulib boqadi.

- Iroq terma jamoasida bosh murabbiy almashibdi...
- Bundan xabarim yo'q. Hozir raqiblarimizning qanday tarkib hosil qilishlari muhim jihat. Guruhimizdagi ikkinchi o'yinni bevosita stadionda kuzatish orqali bir yo'la ikki raqib haqida malumot to'playmiz.

- SHu paytgacha terma jamoalarimiz asosan bitta hujumchi bilan o'ynab kelishgan. Bu anana sizning jamoangizda ham davom etadimi?
- To'g'ri, muxlislar hujumkor o'yinni sog'inib qolishdi. Vaziyatga qarab ish tutamiz. Ikki hujumchi bilan o'ynash uchun jamoa futbolchilari jismoniy jihatdan to'liq tayyor bo'lishlari kerak. Hujumga berilib ketib, raqibning qarshi hamlasida gol qo'yib yuborish yaxshi emas. 2011 yilgi Osiyo chempionatida Avstraliyaga qarshi kechgan o'yinni eslang. To'p bilan muomalada bo'lish 63 foiz - bizning foydamizga, lekin hisob umuman bunga mos emas. Bu o'ziga xos saboq.   

- Yordamchilaringizni o'zingiz tanladingizmi?
- Albatta. Aleksey Evstafeev va Murod Ismoilov aynan shu yigitlar bilan avvaldan ishlab kelishgan. Ularni yaqindan bilishadi. Qolaversa, o'zimning ham bu murabbiylar bilan munosabatlarim yaxshi. O'ylaymanki, oxirigacha shunday bo'lib qoladi.

- Murod Ismoilov kuni kecha Neftchiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Hatto dastlabki mashg'ulotni ham o'tkazib ulgurdi. U terma jamoaga qachon qo'shiladi?
- 11 yanvar kuni Ummonga uchib boradi va jamoani 12-sanadagi o'yinga tayyorlashda ko'mak beradi.

- Milliy jamoadagi faoliyatingiz ham parallel ravishda davom etadimi?
- Umid qilamanki, Mirjalol Qosimov bilan hamkorlikda ishlayveramiz. Zimmamizga yuklatilgan vazifani birgalikda amalga oshirishga harakat qilamiz.

- Umuman, Qosimov yoshlar termasini olganingizga qanday munosabat bildirdi?
- Jalol bilan bolalikdan do'stmiz. Faqat futbol emas, uning tashqarisida ham bir birimiz bilan maslahatlashgan holda ko'p ishlarimizni amalga oshiramiz. SHunday taklif bo'layotganini aytganimda, xursandchilik bilan qabul qildi. O'zing ham qachondir baribir, bosh murabbiy sifatida ishlashing kerak-ku, - dedi va omad tiladi.

- Muxlislarga aytar so'zingiz bo'lsa, marhamat...
- Bizni qo'llab-quvvatlab turishsin. Yoshi ulug'larimizdan duo so'rayman. O'z o'rnida, biz ham ishonchni oqlashga astoydil harakat qilamiz. Osiyo chempionatidagi ilk o'yinni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazib olsak, bas. Eng muhimi, terma jamoamizdagi barcha futbolchilarda xalqaro tajriba etarli. Jahon va Osiyo chempionatlarida ishtirok etib, ko'p narsalarni ko'rishgan. Bu narsa bizga asqotishi kerak.

Kamoliddin Alimov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика