SHuhrat Maqsudov: "Birinchi davra yakuniga qadar tarkibda yangiliklar bo'lib turadi"
24 apr 2021 21:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/633508_original.jpg)
![](/upload/storage/633508_220.jpg)
SHuhrat Maqsudov: "Birinchi davra yakuniga qadar tarkibda yangiliklar bo'lib turadi"
"Har bir uchrashuv shunday jangovar ruhda o'tmoqda. Yosh futbolchilar bu orqali katta tajriba to'plashadi. O'yinga kelsak, darvozabonimizning xatosidan so'ng to'p o'tkazib yubordik. Buni hech kim kutmagandi. U ham ataylab qilmadi. Hamma xato qiladi. Hozir kiyinish xonasida uni qo'llab - quvvatladik. Hayot davom etadi. Etiborimizni navbatdagi o'yinga qaratamiz.
Avval ham aytganman himoyamizda muammolar bor. Davronjon Ergashevning qanotda o'ynaganini shu bilan bog'layman. Birinchi davra yakuniga qadar bunday yangiliklar bo'lib turadi.
Uchinchi turda Qarshiga boramiz. "Nasaf" jamoasini hurmat qilamiz. Ushbu uchrashuvda g'olib jamoa guruhda birinchi o'rinni egallaydi. Mazkur bahsga jiddiy hozirlik ko'ramiz.
Hakamlik haqida ortiqcha gapirmayman. Ularning ishini ko'rib chiqadigan qo'mita bor", - deydi SHuhrat Maqsudov.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar