SHuhrat Maqsudov: "BAAda ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazamiz"
05 jan 2014 10:30
Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "BAAda ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazamiz"
Bugun O'zbekiston yoshlar (U-22) terma jamoasi o'z tarixida ilk bor tashkil etilayotgan Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun jo'nab ketdi.
Qita chempionatiga 11-26 yanvar kunlari Ummon davlati mezbonlik qiladi. SHuhrat Maqsudov jamoasi qita chempionati oldidan bir hafta davomida Dubayda yig'in o'tkazadi. SHu maqsadda bugun tongda terma jamoamiz Dubayga uchib ketdi. SHu o'rinda BAAga jo'nab ketgan delegaciya tarkibi bilan tanishing.
Darvozabonlar: Asilbek Omonov, Akmal Tursunboev, Abdumavlon Abdujalilov (hammasi “Paxtakor”dan).
Himoyachilar - Tohir SHamshitdinov, Maksimilian Fomin, Egor Krimec, Akbar Ismatullaev, Vladimir Kozak, Davron Hoshimov, barchasi “Paxtakor”dan, Boburbek Yo'ldoshev, Sardor Rahmonov (ikkisi “Lokomotiv”dan), Javlon Mirabdullaev (“Bunyodkor”).
Yarim himoyachilar - Abbosbek Maxstaliev, Muhsinjon Ubaydullaev, Jamshid Iskandarov (hammasi “Paxtakor”dan), Sardor Rashidov, Sardor Sobirxo'jaev, Dilshod Jo'raev (uchalasi “Bunyodkor”dan), Diyorjon Turopov (“Olmaliq”), Sardor Mirzaev (“Lokomotiv”).
Hujumchilar triosining barchasi Igor Sergeev, Temurxo'ja Abduxoliqov va Abdulaziz Yusupov “Paxtakor” jamoasidan taklif etilgan.
Bosh murabbiy - SHuhrat Maqsudov, katta murabbiy Aleksey Evstafeev. Jamoa menejeri Ramil Ilyasov. Delegaciya rahbari Asqar Tolibjonov.
Biz safar oldidan terma jamoa bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudovdan qisqacha intervyu oldik.
SHuxrat Maqsudov: - 24 dekabr kunidan o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshlagan edik. Yig'in davomida “Paxtakor” klubi bilan bitta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik. Mavsumlar oralig'i bo'lgani uchun futbolchilarning funkcional tayyorgarligini juda yaxshi deb bo'lmaydi. BAAdagi bir haftalik yig'inimiz davomida ana shu kamchiliklarni bartaraf etish yo'lida ish olib boramiz. Dubayda 2ta nazorat uchrashuvi tashkil etiladi. Rejaga ko'ra, dastlabki uchrashuvimiz mahalliy 2-liga klubiga qarshi bo'lib o'tadi. Ikkinchi o'yinimizda esa Qozog'istonning "Ostona" jamoasi bilan maydonga tushamiz. Bu ikki uchrashuvda jamoaviy o'yinimizni yanada shakllantirishga etibor qaratamiz. Murabbiylar shtabidagi yordamchim Murod Ismoilov 11 yanvar kuni Ummonga uchib boradi.
Eslatib o'tamiz, SHuhrat Maqsudov shogirdlari Iroq, Xitoy va Saudiya Arabistoni terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olishgan. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi guruhdagi dastlabki uchrashuvni 12 yanvar kuni Xitoy termasiga qarshi o'tkazadi.
Kamoliddin Alimov.

Fikrlar