So’nggi yangiliklar

12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  0 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  1 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0 10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0 09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  3 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  7 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  1 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  9 07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  23 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  36 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  3 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  3 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0

SHuhrat Fayziev:"Muxlislarimiz va futbolchilarimizdan minnatdorman" Yangiliklar

SHuhrat Fayziev:"Muxlislarimiz va futbolchilarimizdan minnatdorman"

“Buxoro”-“Lokomotiv” (2:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Buxoro”da bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi SHuxrat Fayziev tashrif buyurdi.
“Avvalombor mehmonlarni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun har ikkala jamoa futbolchilariga oson bo'lgani yo'q. Bugungi issiq ob-havoda futbol o'ynash qiyin. Bugungi uchrashuvda yirik mag'lubiyatga ham, g'alabaga ham erishishimiz mumkin edi. Oxir-oqibat  tarkibida tajribali futbolchilari bor jamoa g'alabani ilib ketdi. Muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Ular bugun jamoamizni qo'llab-quvvatlashdi, futbolchilar ham borini berib o'ynashdi, ularga ham rahmat aytaman.”-deya gap boshladi Fayziev.

-Mavsum boshidan beri kuzatib kelyapmiz, jamoa birinchi bo'limda yaxshi o'ynayapti, lekin ikkinchi bo'limga kelib buning aksini ko'rmoqdamiz. Nega?
-To'g'ri, jamoamiz jismonan ancha sust. Lekin hozir buni to'g'rilash ancha qiyin. Davralar orasida buning ustida ishlash kerak bo'ladi.

-Nega Xaushi zahirada qoldirildi?
-U ko'p xatolar qila boshladi va aynan uning xatosidan so'ng “SHurtan”dan uchinchi golni qabul qilib oldik. SHu sababli uni bugun zaxirada qoldirdik.

-Mag'lub bo'lgan bo'lsak ham, lekin bugun jamoa harqachongiga nisbatdan yaxshiroq o'ynadi. Bu aynan sizning mashg'ulotlaringizdan keyin bo'ldi. Aynan siz nimani o'zgartirdingiz?
-Jamoamizda hujumchi yo'q. Men Jamol Ubaydullaevni hujumchi poziciyasiga qo'ya boshladim. Yana bir bor aytaman, futbolchilar borini berib o'ynashdi.

-Keyingi rejalar qanday?
-Hozircha hech qanaqa reja tuza olmaymiz. Bu o'yin bizga rahbariyat tomonidan so'nggi imkoniyat sifatida berilgandi. Yutsalaring ishlaysanlar, yo'qmi, arizani yozinglar deyilgandi. SHu sababli ertaga nima bo'ladi, ayta olmayman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика