So’nggi yangiliklar

10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  1 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  1 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  5 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  11 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  12 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  8 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  3 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8

SHuhrat Fayziev: "Akobir To'raev Baqoevga o'xshashib ketadi" Yangiliklar

SHuhrat Fayziev: "Akobir To'raev Baqoevga o'xshashib ketadi"

O'FFning ortda qolgan 2013 yil yakunlariga bag'ishlab o'tkazilgan tadbirida turli xil nominaciyalar bo'yicha g'oliblar taqdirlangandi.
“Yilning eng yaxshi yosh o'yinchisi” nominaciya bo'yicha bira to'la uch nafar futbolchi etirof etildi. Jamshid Boltaboev, Izzatilla Abdullaev hamda Akobir To'raev. Ahamiyatlisi ularning barchasi kuzda BAAda o'tkazilgan kichik jahon chempionati ishtirokchilaridir. Bu yil 18 yoshga qadam qo'yadigan ushbu futbolchilarning murabbiylari bilan suhbatlashib shogirdlari xaqidagi fikrlarini bilishga qiziqdik.

Buxorolik Akobir To'raev bir necha yil mobaynida “Buxoro” yoshlar jamoasida o'ynadi. Endilikda iqtidorli hujumchi asosiy tarkib bilan shug'ullanmoqda. Uning professional futboldagi birinchi murabbiyi SHuhrat Fayzievdir.

- Akobirni “Eng yaxshi yosh futbolchi” deb topilganidan xursandman - deydi Fayziev. - Iqtidorli yigit. O'ziga ishonadigan, tirishqoq bola. Unda hujumchilarga xos bo'lgan xususiyat bor. To'raev hozirda asosiy tarkib azolari bilan mashg'ulot o'tkazmoqda. Uning bu yil ham asosiy tarkibda o'ynash imkoniyati yuqori. Asosiysi buning uchun harakat qilmoqda. Aql bilan o'ynashga intiladi. Ko'pincha o'yinlari bilan Ulug'bek Baqoevni eslatib yuboradi. Nasib kilsa kelajakda milliy terma jamoamiz va “Buxoro” uchun ko'p yillar mobaynida o'ynaydi.

- Akobir 1996 yilda tavallud topgan. SHuni inobatga oladigan bo'lsak, u uchun hali hammasi oldinda. Agarda o'z ustida ishlashni kanda qilmasa, undan kuchli hujumchi etishib chiqishi aniq.

- SHogirdimning kamchiliklariga keladigan bo'lsak, To'raev biroz qaysarrok yigit. Lekin boshqalar bilan yaxshi chiqishadi. Muomalasi ham chakki emas. SHuningdek u to'p bilan ko'proq ishlashi va raqibini aldab o'tib gollar urishni o'zlashtirishi kerak.

Islombek RUSTAMBEKOV yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика