SHubert "Borussiya"ning yangi bosh murabbiyi
13 noy 2015 17:12
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/188529_original.jpg)
![](/upload/storage/188529_220.jpg)
SHubert "Borussiya"ning yangi bosh murabbiyi
Myonxengladbaxning "Borussiya" rahbariyati jamoaning yangi bosh murabbiyi borasida yakuniy qarorni qabul qildi.
Myonxengladbaxliklarning yangi bosh murabbyi Andre SHubert bo'ldi. U klubda vaqtinchalik murabbiy vazifasini egallab turgan edi va endi u 2017 yilgacha jamoani boshqarishi mumkin.
"SHubert sakkiz hafta davomida juda yaxshi ishladi va jamoa bilan muhim vazifalarni bajardi. So'nggi kunlarda u bilan murabbiylik borasida muhokama qildik va jamoa yaxshi qo'llarda ekaniga ishonaman. Keyin esa unga bosh murabbiylikni taklif qilishga qaror qildik" - deydi "Borussiya" sport direktori Maks Eberl.
"Borussiya" Bundesliganing ilk besh uchrashuvida mag'lub bo'lganidan so'ng SHubert jamoani boshqara boshladi. "Borussiya" SHubert qo'l ostida milliy chempionatning 7ta uchrashuvida 6ta g'alabaga erishdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar