"SHtutgart" mavsumda to'rtinchi marta murabbiy almashtirdi
04 apr 2023 20:15
Yangiliklar
"SHtutgart" mavsumda to'rtinchi marta murabbiy almashtirdi
"SHtutgart" matbuot xizmati jamoa bosh murabbiyligiga Sebastyan Xenessning tayinlanganini malum qildi.
Tomonlar 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekkan. Sebastyan bu joyda Bruno Labbadiyani almashtirdi. Bruno o'tgan yilning oxirida jamoa boshqaruvini qo'liga olgandi. Xeness esa bunga qadar "Xoffenxaym"da ishlagan.
Qayd etish kerak, bu "SHtutgart"ning mavsumdagi to'rtinchi murabbiyi. Mavsum startidan buyon jamoa boshqaruvida Pellegrino Mataracco, Mixael Vimmer kabi murabbiylar ham ishladi.
Ayni damda "SHtutgart" Bundesliga turnir jadvalida 20 ochko jamg'argan holda so'nggi o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar