SHotlandiya terma jamoasi ustozi: "2 ta o'yinda 4 ochko to'plashimiz kerak"
15 iyu 2024 13:26
Yangiliklar


SHotlandiya terma jamoasi ustozi: "2 ta o'yinda 4 ochko to'plashimiz kerak"
SHotlandiya terma jamoasi ustozi Stiv Klark Germaniyadan uchralgan yirik mag'lubiyat (1:5) haqida fikr bildirdi.
Ushbu jamoalar Myunxenda Evro-2024 ochilish o'yinida ishtirok etishdi.
"Tun og'ir o'tdi. O'z darajamizda o'ynay olmadik. Biz kechagi bahsdagidan kuchliroqmiz va buni keyingi bahslarda namoyish eta olamiz deb umid qilaman.
Maqsadimiz - keyingi 2 ta bahsda 4 ochko olish.
Germaniya juda kuchli o'yin namoyish qildi, afsuski, ularga munosib javob qaytara olmadik. Birinchi bo'limdagi voqealar juda tez sodir bo'ldi, biz reakciya qilishga ulgurmadik" - dedi SHotlandiya terma jamoasi ustozi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar