So’nggi yangiliklar

00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7

SHota Arveladze: "O'tkazilgan mavsum uchun "Lokomotiv"ga ham minnatdorchilik bildiraman" Yangiliklar

SHota Arveladze: "O'tkazilgan mavsum uchun "Lokomotiv"ga ham minnatdorchilik bildiraman"

Coca Cola Superliganing 26-turi doirasidagi "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze matbuot anjumanining birinchi qismida qatnashdi.

- Barchaga rahmat aytaman. Juda uzoq mavsum o'z poyoniga etdi. Bu o'yin muxlislarga ham unchalik qiziq bo'lmadi. Yigitlar shu boisdan texnik futbol namoyish etishdi va ko'p kuch sarflashmadi. Kam bo'lsa-da, stadionga kelgan muxlislarga rahmat aytaman. Barchaga, "Lokomotiv"ga ham, boshqa jamoalarga ham minnatdorchilik bildiraman. Keyingi mavsum bundan-da qiziqroq o'tishiga ishonaman. 

Ko'pchilik muxlislar mavsum zerikarli o'tganini aytdi. Biroq unday emas. So'nggi turdagina quyiga tushadigan jamoa nomi aniq bo'ldi. Mavsumda 46-47-o'yinida qatnashayotgan, shuningdek, termaga ham borini berayotgan futbolchilarga rahmat aytaman.

25 dekabrda jamoa yig'iladi. Yangi futbolchilar bo'ladi, biroq bu hali kimligi aniq emas. SHuningdek, legionerlardan kam bo'lmagan futbolchilarga ham ishonch bildirishga intilamiz.

Himoya meni unchalik tashvishga solmayapti. OCHLda biz qitaning eng yaxshi jamoalariga qarshi bahs olib bordik. Barcha futbolchilarda pasayish bo'ladi. 20 kunlab dam olgandan keyin klublarda ham pasayish kuzatiladi. Barchadan ko'ra kamroq kartochka oldik. Futbolchilarga feyr-pley sovrinini bersak ham bo'ladi.

Komilov, Abdullaev va Sidiqovga rahmat aytaman. Ular katta yo'lni biz bilan boshlashgandi, afsuski jarohat ularga katta halaqit qildi. Yana bir-ikki oyni o'tkazib yuborishsa, hech nima qilmaydi. Biz futbolchilarning keyingi faoliyati uchun javobgarmiz. Endi qolgan yigitlar dam olishga chiqishadi. Jarohatlanganlar esa tiklanishda davom etishadi.

Yigitlarning 2-3 yillik shartnomasi bor. Faqatgina 4 futbolchining shartnomasi ushbu mavsumdan keyin yakunlanadi.


TAS-IX emas


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика