So’nggi yangiliklar

17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  1 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  4 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  5 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4

SHota Arveladze: "Menimcha yangi mavsumda ham shu erda ishlasam kerak" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Menimcha yangi mavsumda ham shu erda ishlasam kerak"

"Lokomotiv" - "Paxtakor" (3:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi o'z fikrlarini bildirdi.

 - Raqibni chempionlik bilan tabriklayman. Yirik hisobda yutish zarur bo'lganda har bir to'p yo'qotilishi o'zini bildiradi. Ruhan jamoani tayyorlash qiyin, lekin futbolchilar oxirigacha intilishdi. Buning uchun yigitlarga rahmat aytaman. Biz "Paxtakor"miz. Hisob biz uchun ijobiy bo'lmasa-da, ular urinishda davom etishdi, - dedi SHota Arveladze.

- Mavsum oldidan o'z oldiga chempionlik va kubokni qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgandi. Ammo ikkala musobaqada ham ikknchi bo'ldi. SHartnomangiz yil oxirida tugaydi. Uni uzaytirdingizmi?

- Menimcha yangi mavsumda ham shu erda ishlasam kerak. Hozircha yangi shartnomaga imzo chekmadim.
 
- Agar jamoada qolsangiz. O'zgarishlar bo'ladimi. Legionerlar qoladimi?

- Men eng yaxshi o'yinchilarni olib kelishni istayman, ammo bu ro'y beravermaydi. Hammaning o'z rejasi bor. Kimnidir kelishi ikki taraf xohishiga bog'liq. O'tgan mavsum men jamoada ko'rishni istagan mahalliy futbolchilardan barchasini ham olib kela olmadik. Qolganini vaqt o'tgan sari ko'ramiz. Biz qaerdadir xato qildik, bazan omad etishmadi. Bugun ham ko'plab imkoniyatlardan foydalana olmadik. Tarkibda o'zgarishlar hamisha bo'ladi. Faqat xohishlar to'g'ri kelsa bo'lgani.



- Siz kelgach "Paxtakor"da infrastruktura keskin o'zgardi, tashkiliy ishlar kuchaydi. Ammo natija bo'lmadi...

- Bu erga kelganimning ilk kunidan o'zbek futboli rivojlanishi uchun qo'ldan kelgan hamma ishni qilayapman. Biz kun kelib Janubiy Koreyadek o'ynashimiz kerak. Barcha tashkiliy ishlar yaxshi darajada bo'lishi kerak. Maydonlarni gapirganimda buni bahona deb o'ylaganlar bo'ldi, ammo nega imkon bor holda sharoitlarni yaxshilamaslik kerak? SHunda barcha kuchliroq o'ynaydigan bo'ladi. Men bir kun kelib ketsam yana shu yomon maydonda o'ynayverasizlarmi? Futbolni ko'proq sevish kerak. CHempionlik bahsi, beshta gol, terma jamoaning ko'plab futbolchlari maydonda muxlisga yana nima kerak?

- Hakamlik borasida qanday fikrdasiz? Ayniqsa Anzur Ismoilovga berilgan sariq kartochka va penalti haqida.

- Qizil kartochka yo'q edi. Aniq. Penaltini esa bilmayman. O'zbekistonlik hakamlar istalgan chempionatda yuqori saviyada ishlay olishadi. Ammo bazida ularga nimadir etishmaydi.


Reyting: -51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика