So’nggi yangiliklar

14:41Жота ва гуллар  3 13:46"Арсенал" баскетболчи учун 80 миллион евро тайёрламоқда   0 13:08Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди  7 12:27"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради  6 12:00Лунин қарор қилди  2 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  4 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  9 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  11 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  2 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  14 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  5 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" ва "Палмейрас" ўртасидаги баҳс якунланди  17 07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  3 07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  1

SHota Arveladze: "Jahon chempionati futbolda gol urish qiyinlashganini ko'rsatdi" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Jahon chempionati futbolda gol urish qiyinlashganini ko'rsatdi"

Superliganing 16-tur doirasidagi "Paxtakor" - "Buxoro" (2:0) uchrashuvidan so'ng "sherlar" ustozi SHota Arveladze o'z fikrlarini bildirdi.

- Har doim ishni boshlash qiyin kechadi. O'rtada deyarli 1 oy to'xtalish yuzaga keldi va bunday vaziyatda jamoa o'yinga qayta kirib olishi albatta mushkul ish. O'yinni nazorat qildik. Havo harorati juda issiq bo'lgani har ikkala jamoaga ham tezkor o'yin ko'rsatishiga halaqit qildi. O'ylashimcha, haqli ravishda g'alaba qozondik. Birinchi bo'limning o'zidayoq masalani hal etib qo'yish imkoniyati paydo bo'lgandi. Ammo bundan foydalana olmadik. Bu ham qaysidir manoda jamoamiz xarakterini ko'rsatishiga yo'l ochib berdi. "Buxoro" yaxshi shakllangan jamoa, himoyalanishda juda tartibli o'ynaydi. Raqib ikki marotaba gol urish uchun vaziyatga ega bo'ldi.

Taqvim juda zich, yaqin oradagi o'yinlar bir-biriga juda yaqin. SHu boisdan ham tezda yana formaga qaytishimiz lozim.

Davralar oralig'ida biz Dragan CHeranni safga qo'shib oldik. SHuningdek, fors-major ruy berib o'zimizning hurmatli futbolchimiz, sportchi Igor Sergeevni qaytardik.  O'ylaymanki, Sergeev ham bizda hali yordam beradi. Hujum chizig'ida raqobat kuchaydi. Murabbiy uchun mavsum davomida taktik sxemani o'zgartirgandan ko'ra rotaciya qilish osonroq. SHunda tarkibdagi futbolchilarda ham imkoniyat taqdim etiladi va jamoa o'yinining chizgisi buzilmaydi.

Superliga hozirda biroz boshqacha ko'rinish olgan. Bazi jamoalar bilan o'yindagi qo'lga kiritilgan ochkolar yakunda kuyib ketadi. Bu bilan chempionatda o'tkinchi o'yinlar bor demoqchi emasman. Hech qachon bunday demayman. SHunchaki format shunday ko'rinish olgan. Biz aynan shunday o'yinlarda tarkibda rotaciya qilish imkoniyatiga ega bo'lamiz. 

Jahon chempionati bizga birinchi navbatda gol urish qanchalik qiyin bo'layotganini ko'rsatib bermoqda. Ikkinchi tarafi, barcha katta jamoalar o'yinni asosan raqib maydonchasi oldida o'tkazishini ko'ryapmiz. To'g'ri, mundialdagi daraja umuman boshqa. Ammo biz ham shunga intilyapmiz, akademiya tarbiyalanuvchilariga ham to'p bilan muomula qilishni, nafaqat qanotlar bo'ylab, balki markazda ham to'p bilan o'ynash kerakligini uqtiryapmiz. "Paxtakor" ham doim birinchi raqam ostida o'ynaydi. Aynan shu jihatlarni yanada takomillashtirish ustida ishlayapmiz. Albatta bunday uslubda o'ynaydigan jamoalar yakunda 3-4 marotaba raqibning qarshi hujumlarini o'tkazib yuborishadi. Aynan shu pallada himoya chizig'i xushyorroq bo'lmog'i zarur.

Masalan Germaniya va Ispaniya ham shu uslubda o'ynaydi. Bazan esa kuchli jamoalarga omad kulib boqmaydi. Bu futbol. Jahon chempionatida taktik o'yinlar ham ko'plab uchramoqda. Masalan Belgiya - Yaponiya uchrashuvi endi murabbiylik sohasiga kirib kelayotgan yosh mutaxassislar uchun juda foydali bo'ldi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика