SHota Arveladze: "Hech qaysi jamoaga bugungidek holatga tushishini tilamayman"
27 avg 2020 21:34
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/589204_original.jpg)
![](/upload/storage/589204_220.jpg)
SHota Arveladze: "Hech qaysi jamoaga bugungidek holatga tushishini tilamayman"
"Hech kimga bugungi o'yinga tayyorgarlik ko'rilganidek holatni tilamagan bo'lardim. Birinchi jamoa bilmaydi o'ynaydimi yoki yo'q, ikkinchisi esa kutadi, o'yin bo'ladimi yoki yo'q. Bu eng yomoni. Ruhiy tomonlama, motivaciya tomonlama juda og'ir.
"Andijon" uchun ham, biz uchun ham, butun o'zbek futboli uchun juda muhim edi. Superligada o'yin bekor qilinishi juda ham hunuk holat.
"Andijon" yaxshi himoyalandi. Bundan ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Afsuski bir nechta qarshi hujumlarni o'tkazib yubordik. Balki bu boshqa darajadagi o'yinda qimmatga tushishi mumkin.
Xudoga shukur jarohatlarsiz o'tkazdik. Asadbek Sobirjonovning qo'li sinmagan deb umid qilaman. "Lokomotiv" rahbariyatiga yaxshi stadion uchun rahmat aytaman.
Ikkinchi taymda to'pni ham, o'yinni ham juda yomon nazorat qildik deb o'ylayman.
Eren Derdiyok o'zbek futboliga qachon to'liq kirishib ketadi? Menimcha u to'liq moslashib bo'ldi", - deydi SHota Arveladze.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar