So’nggi yangiliklar

20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  1 20:00"Қизилқум" — "Машъал" 1:0 (Матнли транслация)  2 19:20"Брентфорд" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  6 19:05Чемпионлик учун кураш авжида. "Нефтчи" ва "Насаф"нинг Суперлигадаги тақвими қандай?  33 18:58"Нефтчи" "водий дербиси"да "Андижон"ни мағлуб этди ва "Насаф" билан орадаги фарқни 2 тагача қисқартирди  61 18:53Суперлига. "Сўғдиёна" меҳмонда "Шўртан"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  7 18:31Артём Петросян: "Локомотив" футболчилари Суперлига даражасида. Улар бежиз лига пешқадами эмаслигини кўрсатишди"  0 18:05"Севилья" — "Барселона". Таркиблар маълум  68 18:01ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда "Карван"дан устун келди, Раҳмоналиев 89 дақиқа ўйнади  1 18:00Про лига. "Арал" "Жайхун"ни, "Локомотив" "Олимпик"ни мағлуб этди  2 16:33Суперлига. "Насаф"нинг қоқилиши интригани қайтарадими? "Нефтчи" учун ажойиб имконият  6 14:50"Чақирувдан хурсандман, боримизни бериб ҳаракат қиламиз" - Анваржон Ҳожимирзаев "Сурхон" устидан ғалаба ва миллий жамоага таклиф этилгани ҳақида  8 14:25"Наполи" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 13:58Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"дан кетиши мумкин  7 13:27"Реал" Родри учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  6

SHota Arveladze: "Hech qachon futbolchilarimga ko'p gol urmanglar demayman. Bu muxlislarga va raqibga nisbatan hurmatsizlik bo'ladi" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Hech qachon futbolchilarimga ko'p gol urmanglar demayman. Bu muxlislarga va raqibga nisbatan hurmatsizlik bo'ladi"

Coca Cola Superliga 12-turidan o'rin olgan “Paxtakor” – “Lokomotiv” (7:0) o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng “sherlar” bosh murabbiyi SHota Arveladze fikrlarini bildirib o'tdi.




- Derbi uchun noodatiy hisob bo'ldi. Bugungi o'yin "Bavariya" - "Barselona" bahsiga o'xshab ketdi. Yigitlar uchun xursandman. Qiyin davrdan o'tib oldik. Yaxshi o'ynadik va bahsni nazorat qildik. Beshta almashtirish amalga oshirganda o'yin suratini birdek saqlash qiyin, lekin biz buni uddaladik. "Nasaf" bilan ham, bugun ham shunday bo'ldi. Zaxiradan tushgan futbolchilar o'zlarini ko'rsatishdi. Ularning shunday yaxshi ishlayotganidan baxtiyorman. Bu bahs derbi tarixidan o'rin oladi deb o'ylayman. "Lokomotiv"ga bunday qiyin holatdan tezroq chiqib olishlarini tilayman, - deydi SHota Arveladze. 

- Sentyabr oyida O'zbekiston terma jamoasi yig'in o'tkazadi. 3 sentyabr kuni Tojikiston bilan o'rtoqlik o'yini bor. "Paxtakor" esa 1 va 5 sentyabr kunlari o'yin o'tkazadi. Keyin Qatarga uchib ketadi. Terma jamoaga futbolchilarni qo'yib yuborasizmi?

- Avvalo terma jamoaga futbolchini qo'yib yubormaslikka haqqim yo'q. Bundan tashqari futbolchilar ham terma jamoada o'ynashni istashadi. Umid qilamanki, bizning chempionat o'yinlari hamda CHempionlar Ligasi oldidan maqul holat topiladi.

- Tomas Myuller intervyu berib bosh murabbiy tanaffus vaqtida futbolchilarga 6tadan ko'p gol urmanglar deganini aytdi. Siz ham futbolchilarga shunday dedingizmi?

- Bunday intervyuni ko'rmadim. Natija qanday bo'lishidan qati nazar muxlislar uchun o'ynashda davom etamiz. Raqib, muxlislar hamda o'z jamoangni hurmat qilish lozim. Futbolchilar o'z imkoniyatlarini oxirigacha namoyish etishlari lozim.

- Sentyabr oyida juda tig'iz taqvim va OCHL bahslari kutmoqda...

- To'g'ri juda ham og'ir taqvim bizni kutmoqda. Biz 5 haftani yo'qotdik va bu davrda davolandik. Raqiblarimiz esa chempionatda o'yinlar o'tkazishdi. Lekin bizda OCHLda 6 ochko bor. Birinchi navbatda guruhdan chiqishimiz shart. Keyin nasib bo'lsa navbatdagi bahslar haqida bosh qotiramiz.



Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика