So’nggi yangiliklar

00:23Франция. ПСЖ - "Тулуза" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  10 23:52Бундеслига. "Бавария" - "Аугсбург" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  0 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  0 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  6 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  0 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   4 21:35Рўзиқул Бурдиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  12 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 20:21"Пахтакор" 8 йил олдинги антирекордини такрорлади  2 20:15Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Қизилқум"ни 5:1 ҳисобида мағлуб этди  22 20:00Ямаль "Сельта"га қарши ўйнамайди  2

SHota Arveladze: "Dunyodagi hech bir jamoa muxlislarsiz sovrin yutolmaydi" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Dunyodagi hech bir jamoa muxlislarsiz sovrin yutolmaydi"

"Paxtakor"ning kechagi mashg'ulotidan keyin jamoa bosh murabbiyi SHota Arveladzega bir nechta savollar bilan murojaat qildik.


"Ajoyib jamoada ish boshlaganimdan xursandman. Ilk taassurotlarim juda iliq. Jamoa bilan ishga kirishdik. Buyog'iga belni baquvvat qilib ishlaymiz. Ishlash kerak, ochkolarni jamg'arish lozim. Turnir jadvalida bizga ochkolar etmayapti. Bu esa ishlashga qo'shimcha kuch va motivaciya beradi. Ishlaymiz, qolganini esa vaqt ko'rsatadi. Hech narsa bir zumda bo'lmaydi. Muhimi, ishtiyoq kuchli. Nafaqat menda yoki futbolchilarda, balki butun klub, rahbariyat va klub prezidentida ishtiyoq kuchli. SHu fursatda klub prezidenti Bobur SHodiev alohida rahmat aytaman. Tez fursatda barcha ishlar yaxshi tarafga o'zgardi. Hammasi chiroyli tarzda davom etmoqda. Tashkiliy ishlardan tortib boshqa jihatlar ham professionallarcha yondoshilmoqda. Jamoadagi muhit alo darajada. Juda qisqa vaqt ichida juda katta ishlar amalga oshirildi. Bu jarayonlar 3-4 hafta ishlash uchun emas, uzoq yillar davom ettirilishi uchun qilinmoqda. Maqsadimiz shunchaki 25 nafar futbolchi va murabbiylardan tashkil topadigan kuchli jamoa tuzish emas, balki super klub tuzish", - deya ilk taassurotlar va fikrlari bilan o'rtoqlashdi SHota Arveladze.


- Mashg'ulotlar o'zgacha ruhda, boshqacha yondoshuv ostida o'tmoqda...

- Hech qanday yangilik bo'layotgani yo'q. Yangi narsalarni o'ylab topayotganimiz yo'q. Biz odatiy mashg'ulotlarni o'tkazyapmiz. Aksincha, yanada yangiliklar qilish, mashg'ulotlarda taktik va jismoniy holatlarga yanada ko'proq etibor qaratimishiz kerak.

- Selekciya ishlari hali yana davom etadimi?
- Ko'ramiz. Agarda bizga to'g'ri keladigan futbolchini topsak va albatta jamoalar ular bilan muzokara o'tkazishga hamda ularni sotib olishga huquq berishsa, unda balki yana 2-3 futbolchi kelishi mumkin.


- Ayni paytga kelib jamoa uch nafar legioner futbolchini oldi. Limit bo'yicha "Paxtakor" yana bitta osiyolik futbolchini sotib olish imkoniyatiga ega. Ushbu limitdan ham foydalanish rejasi bormi?
- Albatta yo'q emas. Lekin jamoamizni kuchaytirishi va o'yinimizni osonlashtira oladigan futbolchi bo'lsa bo'lgani. Aynan osiyolik legioner bo'lishi shart emas. Mahalliy futbolchi bo'ladimi buning farqi yo'q. Muhimi, bizning talablarimizga javob bersa bo'ldi.

- "Paxtakor" legionerlardan tashqari yana ikki nafar mahalliy futbolchilar: Azamov va Suyunovni sotib oldi. Buni klub rahbariyati hal etdimi yoki shaxsan o'zingiz ham ularni kuzatib bo'lgach sotib olish fikrini ilgari surdizmi?
- Albatta bu transferda shaxsan o'zim ishtirok etdim. Bunda menga o'zbek futbolini yaxshi biladigan va tushunadigan insonlar ko'maklashishdi, maslahatlashishdi. "Paxtakor"da shu ikki poziciya bo'yicha futbolchilar kerakligi sabab Azamov va Suyunovni olishga qaror qildik.

- Murabbiy sifatida siz taktik sxemadan kelib chiqib futbolchi tanlaysizmi yoki aksincha, mavjud futbolchilarga qarab taktikani belgilaysizmi?

- Yaxshi savol. Men birinchi navbatda tarkibdagi mavjud futbolchilarga qarab taktik sxema tanlayman. Birdaniga hamma narsani o'zgartirib yuborib bo'lmaydi. Asosan mahalliy o'yinchilardan kelib chiqib ish yuritamiz. Hozircha uch nafar legioner jalb qildik. Men birinchi navbatda bu erda qo'l ostimdagi futbolchilarga qarab taktik sxemani belgilayman.

- Turkiyadagi yig'inda asosiy etiborni nimaga qaratmoqchisiz?
- Turkiyada uchta o'rtoqlik o'yinini o'tkazamiz. Yig'inda har tomonlama ishlaymiz: taktik, jismoniy, o'yin tashkillashtirish va boshqa bir qator jihatlarga etibor qaratamiz.

- Murabbiy sifatida jamoani qanday falsafa asosida o'ynatasiz?
- Men hozir biror yangi narsa aytaman, deb o'ylamayman. Umuman olganda barcha murabbiylar yaxshi va chiroyli futbol o'ynashni istaydi. Men himoyaviy o'ynaydigan va darvozamizdan gol o'tkazib yuborishdan qo'rqadigan murabbiy emasman. Men gol urish futbol o'ynashni yoqtiraman. Agarda biz gol o'tkazib yuborgan taqdirimizda, yakunda tablodagi urgan gollarimiz soni qo'yib yuborilganidan ko'p bo'lsa bo'lgani. Men asosan kontaklarga boy, hujumkor, tajovuzkor futbol o'ynashni istayman. Keyin jamoalar ananalariga etibor beraman va ularni inobatga olaman. Men jamoa tanlaganimda ularni ananalariga, uslubiga monand o'ynashga intilaman.
Menimcha, "Paxtakor"ni ko'pchilik texnik, hujumkor futbol o'ynashini sevishadi. Umid qilamanki, bu erdagi insonlar, muxlislar stadionga kelishadi va "Paxtakor"ni ko'rishga oshug'ishadi. Stadionga kelib, jamoamizni qo'llab-quvvatlashadi, degan umiddaman.
Rostini aytaman, men stadionda juda ko'p ishqibozlarni ko'rishni istardim. "Paxtakor" stadionida 4-5 ming emas, 20-25 minglab ishqibozlar kelishini istayman. "Paxtakor"ni nimanidir yutishini kutib, keyinchalik stadionga kelish bu noto'g'ri yondoshuv bo'ladi.
Biz hammamiz birgalikda g'alaba qozonishimiz lozim. SHuni unutmanglar, dunyodagi hech bir jamoa muxlislarsiz biror natijaga erishmaydi yoki sovrin yutolmaydi.
"Paxtakor"ning katta ananalari bor. Biz hujumkor futbol o'ynaymiz va 5-6 ming ishqiboz "Paxtakor"ga yarashmaydi. "Paxtakor" stadioniga 30 minglab ishqibozlar tushishi kerak.
Biz shu kunni intizorlik bilan kutamiz va buning uchun harakat qilamiz.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: +71   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика