So’nggi yangiliklar

11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  3 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  2 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  1 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  12 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  2 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  2 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  9 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  2 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  9 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1

SHota Arveladze: "CHeranga o'rinbosar yo'q? Bizda Sidiqov bor" Yangiliklar

SHota Arveladze: "CHeranga o'rinbosar yo'q? Bizda Sidiqov bor"

Coca Cola Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Paxtakor" (0:4) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi SHota Arveladze qatnashdi.




"Birinchi navbatda "Lokomotiv" klubi rahbariyatiga stadion uchun rahmat aytaman. "Buxoro" rahbariyatiga ham rahmat aytmoqchiman. Ular hozirgi tig'iz taqvim vaqtida Muborakda emas Toshkentda o'ynashga rozi bo'lishgani uchun minnatdormiz.

Murabbiy almashganidan keyin "Buxoro"ning o'yinida o'zgarishlar bo'ldi. Jamoa ancha tartibli o'ynay boshlashdi. AGMK bilan ajoyib o'ynab durang qayd etishdi, "Mashal"ga qarshi bahsda kutilmagan bitta gol o'tkazib yubordi. "Buxoro" O'zbekiston uchun kamdan-kam uchraydigan taktikada o'ynaydi - 5-2-3. Biroz nemischa taktika. Bunday taktikani yorib o'tish qiyin bo'ladi. Biz yigitlarga bunga qarshi qanday o'ynash kerakligini tushuntirdik. Birinchi taymda ko'plab vaziyatlar yaratdik, ikkita gol urdik. Ikkinchi taymda biroz tempni tushirdik, ammo vaziyatlardan foydalanib ikkita gol urdik. SHu orada raqib ham 2-3 marta qarshi hujumga o'tdi.

Umuman olganda qiyin bahs bo'ldi. Bahsdan oldin tartib juda ham muhim ekanligini tushuntirdim. Tanaffusdan keyin 6ta o'yin o'tkazdik va eng qiyin taqvim bizniki edi. Yigitlar har uch kunda o'ynashmoqda. Ular robot emas, ammo chiroyli o'yin namoyish etishmoqda", - deb gap boshladi SHota Arveladze.

- Sadriddin Abdullaev, Javohir Sidiqov va Akrom Komilov uzoq davolanishdan keyin ancha-muncha o'yin o'tkazishdi. Ularning holatidan qoniqayapsizmi?

- Barchalari yaxshi formaga kirib bormoqda. Bazi futbolchilar asosiy tarkibda tushmoqda, bazilari zaxiradan tushmoqda. Raqobat bor, rotaciya bor. "Paxtakor" yaxshi o'ynashi, g'alaba qozonishi, ochko olishi va oldinga intilishi uchun barcha harakat qilmoqda.

- Hozirgi pandemiya vaqtida markazlashgan holda o'ynagan yaxshimi yoki uy-safar?

- Bilasizmi, hozir o'z fikrimni aytishni boshlasam bazida noto'g'ri tushunishadi. Rahbariyat qanday qaror qilsa shunday. O'FA, PFL va mamlakatda nima bo'layotganini bizdan yaxshi biladiganlar bor. Dastlabki restartni u qadar yaxshi o'tkaza olmadik. Barcha klublarda virus chiqdi, buni oldini olish mumkin edi. Biz kamida ikki hafta davomida Qatarda bo'lamiz. PSJ, "CHelsi" kabi klublarida 3-4 futbolchida virus chiqayotganini o'qiyapmiz. Mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda Superligani qanday davom ettirish haqida qaror qabul qilingani yaxshi. Bilishimcha so'nggi 4ta tur xuddi birinchi davradagi kabi markazlashgan holda o'tkaziladi.

- "Paxtakor"da har bir poziciyada 2-3 nafardan futbolchi bor. Faqat hujumchi ortida o'ynayotgan Dragan CHeranga o'rinbosar yo'q. Rejangizda bu joyga yangi futbolchi olish bormi?

- Hozir buning imkoni yo'q. Ammo Sidiqov hujumchi ortida o'yna olishini bilasiz. Savolingiz qaysidir manoda to'g'ri, ammo Sidiqovning sevimli joyi aynan hujumchi ortida o'ynash ekanligini ham takidlashni istardim.



Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика