SHota Arveladze Buxorodagi stadion haqida: "Hamon shunday maydonlar borligi achinarli"
03 iyu 2019 23:00
Yangiliklar


SHota Arveladze Buxorodagi stadion haqida: "Hamon shunday maydonlar borligi achinarli"
O'zbekiston Liga Kubogi 2-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Paxtakor" (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi o'z fikrlarini bildirdi.
"CHempionatda birinchi davrani yakunladik. Futbolchilar ko'p o'yinlar o'tkazishdi. Bugun bir necha vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Deyarli bo'sh darvozani ishg'ol qila olmadik.
Ikkinchi bo'limda keskinroq hujumlar uyushtirdik. Maydon holati juda yomonligini aytib o'taman. Hamon shunday maydonlar borligi achinarli. Har ikki jamoaga maydon xalal berdi. Ahmadov aynan maydonning notekisligi sababli tizzasini qayirib oldi. Futbolchilar sifatli maydonda harakat qilishlari kerak", - deydi SHota Arveladze klub matbuot xizmatiga.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar